So’nggi yangiliklar

18:34Бруну Фернандеш: "Манчестер Юнайтед" кетишимни истаган, бундан кўнглим оғриган"  1 18:12Александр Хомяков: "Аввало, руҳий босимни енгиб ўтишимиз лозим эди"  1 17:58Неъматулла Қуттибоев: "Маҳорат ўз сўзини айтди"  5 17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  0 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  5 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  3 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  32 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  2 15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  2 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1 14:35Норчаев бугун Германияда операция қилинади  1 14:15Эшитдик-да! "Сурхон" футболчиси "Локомотив"га ўтди  0 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  3 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1

Nodir Eliboev: "Bahs boshidagi layoqatsizligimiz butun o'yinga tasir qildi" Yangiliklar

Nodir Eliboev: "Bahs boshidagi layoqatsizligimiz butun o'yinga tasir qildi"

O'zbekiston futzal terma jamoasi kecha Iroqqa qarshi ikkinchi o'rtoqlik o'yinida ishtirok etdi.

Mehmonlarning 2:0 hisobidagi g'alabasidan so'ng terma jamoamiz yordamchi murabbiyi Nodir Eliboev fikrlarini bildirdi. 

- Terma jamoamizda ko'plab vaziyatlar bo'ldi, lekin ulardan foydalanishda oqsash kuzatildi. SHuni evazigami yoki omad kelmagani tufaylimi Iroqqa yutqazdik. Bu bo'yicha nima deya olasiz?

- Omad kelmadi demagan bo'lardim. O'yinni juda yomon boshladik. Eng asosiysi, yigitlarimiz raqibga nisbatan hurmatsizlik qilib maydonga tushishdi, yani 100 foiz yutamiz deb o'ylashdi. Bu – sport. Uni aldab bo'lmaydi. Bahs boshidagi layoqatsizligimiz butun o'yinga tasir qildi. 2 ta to'p o'tkazib yuborganimizdan keyin faqat hujum qildik, lekin qayta tiklanib olish qiyin bo'ldi. Ko'plab golli vaziyatlarni ko'kka sovurdik, shuni evaziga yana asabiylashdik. O'ylaymanki, bu yaxshilikka. Bundan xulosa chiqaramiz. 

- Iroqda eronlik murabbiy ishlamoqda. O'zingiz ham ko'p marta iroqliklarga qarshi to'p tepgansiz. Hozirgi termada eronlik murabbiy ishlayotgani tasiri sezildimi?

- Albatta. Yaxshi murabbiyni jalb qilishgan. Ishi sezilmoqda. O'yinida mazmun bor. Iroq terma jamoasiga Osiyo chempionatida omad tilab qolgan bo'lardim.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика