So’nggi yangiliklar

23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  12 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  5 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди.  69 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  9 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  19 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  4 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1

Nima uchun MYU muxlislari jamoa "Barselona" to'sig'idan o'ta olishiga ishonishadi? Yangiliklar

Nima uchun MYU muxlislari jamoa "Barselona" to'sig'idan o'ta olishiga ishonishadi?

Javob oddiy - ular MYUni dunyoning eng yaxshi klubi deb hisoblashadi, deb qo'ysa ham bo'lardi.

Ammo bu gap bilan biz serialning bosh qahramonini ilk qismdayoq o'ldirib yuborgandek bo'lamiz. SHu boisdan bu sahnani serialning yakuniga olib qo'yamiz. ;)

APLda jamoa hech qachon barqaror o'ynay olmaydi. Hattoki "Siti" ham kichik inqiroz davrini o'tkazib oldi. Biroq yomon tomoni shundaki, APL klublari ECHLga katta etibor bermay qo'ydi. Ularga faqatgina o'z ligalari qiziqroqdek, xalqaro maydon ikkinchi, kerak bo'lsa uchinchi masalaga aylanib qolayotgandi.

Bora-bora APL jamoalarining ECHLda oddiy jamoalarga mag'lubiyat oddiy holatdek ko'rina boshlagandek edi. Ammo endi vaziyat tubdan o'zgarayotganligi, "Liverpul"ning o'tgan mavsumda ECHL finaliga qadar borgani va hozirda ECHLning chorak finalida 8 jamoaning 4tasi APLga tegishli ekani odamni xursand qiladi. Biri PSJni, biri "Bavariya" kabi grandlarni o'z maydonida 3:1 hisobida mag'lub etgani ham Angliya jamoalari ECHLga etibori oshganini ko'rsatadi, chamamda.

Ana shu etibor tufayli ECHLga bo'lgan qiziqish anchagina ko'tarildi. SHu jumladan "Manchester Yunayted" muxlislarida ham. Sulsher rulni o'z qo'liga olganidan keyin yo'lni tamomila o'zgartirgan jamoada muammolar borligi yaqqol ko'zga tashlanmoqda. Mavsum boshida Mourino noligan himoya chizig'i qanday holatda ekanligini barcha biladi. Kimdirning sochi uzun, ikkinchisiga bo'lgan ishonch batamom yakson bo'lgan, uchinchisining yuz tuzilishini ko'rsa barcha kuladi, yana biri mavsum boshidan buyon jarohatda. Aslida muammolar juda katta bo'lsa ham nima uchun MYU muxlislari jamoa "Barselona" to'sig'idan o'ta olishiga ishonishmoqda? (Ular jamoaga ishonishadi. Aslida boshqa gap ham yo'qdek)

Bunga asosiy faktor sifatida Sulsherni keltirish mumkin. U grandlar bilan o'yinlarda jamoa o'zini qanday ko'rsata olishini qandaydir yo'llar orqali ko'rsatib bermoqda. Jamoaga mo'jiza kabi kelgan norvegiyalik mutaxassis tufayli mankunianliklarning asl muxlislari jamoaga bo'lgan ishonchni anchagina orttirishdi. Garchi tarkibida Messi, Suarez kabi hujumchilari bo'lsa-da, o'z himoyachilariga ishonishmoqda. Ammo aytish kerakki, "Yunayted"ning yarim finalga chiqishi katta sensaciya, "Barselona"ning yarim finalga chiqishi esa oddiy holdek qaraladi, nazarimda.

Biroq "Barselona" va "Manchester Yunayted" qarama-qarshiligi 180 daqiqa davom etadi. Birinchi o'yin Manchesterda o'tsa, unda "Barsa" yirik hisobda g'alaba qozonsa ham o'yin taqdiri hal bo'lmaydi. Ha to'g'ri, bu PSJ emas. Ammo "Yunayted"ning holatida "Barselona" PSJ maydonida shunday natija ko'rsata olmasdi, menimcha (tag'in bilmadim). Mahorat borasida "Barselona" ustundir, ammo jamoaviylik borasida "Manchester"da kichik yuqorilash borligini ko'rdik va bildik.

"Manchester Yunayted" so'nggi o'yinlarda mag'lub bo'layotganligini hisobga olsak, barcha alamini "Barselona"dan olishga harakat qiladi. "Barselona" esa bu mavsum ECHLda ilk jiddiy raqibga duch keladi. Albatta, "Inter" va "Tottenxem" deyishingiz mumkin. Biroq status tomonidan baribir MYU yuqoriroq qo'yiladi.

MYU bu mavsum ECHLda "Yuventus" va PSJ maydonida chiroyli kambekli g'alabalarni qo'lga kiritdi. Ikkala holatda ham "Manchester" og'ir holatdan chiqib ketdi va nimalarga qodir ekanligini ko'rsatdi. Demak, MYU Kataloniyani ham zabt eta olishi mumkin. 180 daqiqalik qarama-qarshilik esa barchasini ko'rsatib beradi. Dahshatli bahs oldinda do'stlar! 

"Manchester Yunayted" muxlislari jamoa "Barselona" to'sig'idan o'ta olishiga ishonishadi. CHunki ular MYUni dunyoning eng yaxshi jamoasi deb hisoblashadi.

Mirjalol Normatov

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика