Nima? "Barselona" Fati bilan shartnomani 2030 yilga qadar uzaytirmoqchi
26 mar 20:00
Yangiliklar
"Barselona" klubi Ansu Fati bilan shartnomani yana 3 yilga uzaytirmoqchi. Futbolchi klub bilan 2030 yilgacha bitim imzolashi mumkin. Gap shundaki, "Barselona" klub byudjetini tejash maqsadida shu ishga qo'l urmoqchi. Fatining hozirgi kundagi maoshi yiliga 12 mln evroni tashkil qiladi. Yangi shartnomaga ko'ra, Ansuning yillik maoshi 5.2 mln evrogacha tushiriladi. Klub shu orqali Fatiga ketadigan umumiy summani o'zgarishsiz qoldirgan holda, bu pullarni unga yillar davomida to'laydi. Bu yo'l bilan jamoa yozgi transferlar oynasigacha byudjetni tejab, moliyaviy feyr-pleyga yaxshiroq amal qilishi mumkin. Fatini ko'ndirish uchun esa klub shartnomaga bonuslarni qo'shmoqchi.
Avvalroq ham shunga o'xshash holat yuz bergandi. Samuel Umtiti 2022 yilda shartnomasini 2026 yilgacha uzaytirgan va maoshi tushirilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar