So’nggi yangiliklar

07:25ОЧЛ-2. "Насаф" жамоаси сафарда "Шабаб Ал-Аҳли" клубига мағлуб бўлди. Азмун уч дақиқа ичида иккита гол урди.  0 03:05АПЛ. "Арсенал" бурчак зарбаларидан урилган голлар эвазига "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилди  12 02:59ЛаЛига. Мбаппе пенальтидан гол ура олмаган ўйинда "Реал" мағлуб бўлди  28 02:30АПЛ. "Манчестер Сити"да ниҳоят ғалаба, "Ньюкасл" — "Ливерпуль" ўйинида 6та гол ва "Челси"дан йирик ғалаба  17 01:57Турк футболчисига МЮ, "Ливерпуль", "Арсенал" ва ПСЖ қизиқмоқда  0 01:32Жаҳонгир Ортиқхўжаев, "Пахтакор" янги бош мураббийи ва Максим Шацких иштирокидаги матбуот анжуманидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 00:37Куртуа "Реал" билан шартномани узайтирмоқчи. Дарвозабоннинг вакиллари Саудия Арабистонидан қизиқиш ҳақида билишмайди  1 00:04АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Юнайтед" баҳси асосий таркиблари маълум!  15 23:56"Атлетик" — "Реал". Беллингем, Мбаппе ва Родриго асосий таркибда  20 23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  122 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  3 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  8

"Nikolich oldiga borib meni ijaraga berishlarini so'radim" - Jasur Jaloliddinov bilan katta suhbat Yangiliklar

"Nikolich oldiga borib meni ijaraga berishlarini so'radim" - Jasur Jaloliddinov bilan katta suhbat

Rossiyaning matchtv.ru sayti hamyurtimiz, ijarada asosida Moskvaning "Lokomotiv" klubidan "Tambov"ga o'tgan Jasur Jaloliddinov bilan suhbat uyushtirdi.

O'zbekiston terma jamoasining 18 yoshli yarim himoyachisi Jaloliddinov Marko Nikolich qo'l ostidagi "Lokomotiv"ning yangi mavsum oldidan ilk transferi bo'ldi. Futbolchimiz vakili Yuriy Belous Jasur "Bunyodkor"dan "Lokomotiv"ga ko'chib o'tayotgan mahal matchtv.ru saytiga intervyu berib, "Jasurni hali ko'rasizlar, u Joao Mariodan kuchli bo'ladi" deb aytgandi.

Lekin matchtv.ru tarifiga ko'ra, "o'zbekistonlik Messi" moskvalik "temiryo'lchilar" safida o'ynay olmadi. Klub avgust oxirlarida uni RPL qaydnomasidan o'tkazib, negadir oradan bir oy o'tgach yana chiqarib tashladi. Natijada Jaloliddinov ijara bo'yicha "Tambov"ga ketishga majbur bo'ldi. Yosh futbolchi yangi jamoasi safida debyut uchrashuvini Kubok doirasida "Dinamo" Bryansk klubiga qarshi o'tkazdi. Yaqinda esa u matchtv.ru sayti mehmoni bo'ldi.

- Men uchun Kubok o'yinida tushishmi yoki chempionat bahsidami, buning farqi yo'q edi, asosiysi maydonga tushsam bo'ldi edi, - deydi Jasur Jaloliddinov "Tambov"dagi debyutidan so'ng. - Uch oyga yaqin o'ynamadim, lekin maydonga tushayotganimda umuman hayajon his qilmadim. Bu jamoada meni yaxshi qabul qilishgani bilan bog'liq deb o'ylayman. SHunchaki maydonga chiqdim va o'z o'yinimni ko'rsatdim. 


- O'yiningizni Sergev Pervushin ("Tambov" bosh murabbiyi) qanday baholadi?

- Detallar haqida gaplashmadik, lekin murabbiy debyutim bilan tabrikladi. O'zim qanday o'ylayman? Menimcha, yomon harakat qilmadim, endi Rossiya chempionatidagi debyutim haqida o'ylayapman. 


- Rossiyaga kelgan paytingiz hammasi shunday tus olishini, yani "Loko"da emas, "Tambov"da o'ynashni kutganmidingiz? 

- Yo'q. Lekin hayotda hamma narsa ro'y beradi. Hozir esa o'yin amaliyoti olganimdan xursandman. To'g'risini aytsam, o'zim Nikolich ("Lokomotiv" bosh murabbiyi) oldiga borib meni ijaraga berishlarini so'radim.


- Xo'sh, murabbiy nima dedi?

- Ko'proq o'ynashim kerakligini u ham tushundi. Axir har bir murabbiy futbolchining o'sishini xohlaydi. Rahbariyat oxirigacha o'ylab yakunda meni qo'yib yuborishga qaror qildi. Bu o'z navbatida hammamiz uchun yaxshi bo'ldi.


- "Lokomotiv"da o'ynamagan paytingiz ko'ngildan nimalar o'tdi? 

- Menimcha, hamma narsaga to'g'ri qarash kerak. Men ham umid qilgandim, ammo birdaniga "Loko"ning asosiy tarkibida o'ynab ketmasligimni bilardim. SHomurodov ham bir yilcha "Rostov" zaxirasida o'tirdi.


- Vahima bo'lmadimi? 

- Yo'q-yo'q. Jamoadoshlar va murabbiylar shtabi meni qo'llab turishdi. SHu bois hech qanday vahimani ko'rmadim. Muhimi, Rossiyada qoldim va shu meni xursand qildi. "Loko"ga endi kelganimda Gilerme ko'p yordam berdi. U birinchi mashg'ulotdayoq yonimga kelib, agar nimadir yordam kerak bo'lsa menga aytaver dedi. Umuman muhit juda yaxshi edi. Esimda, birinchi marta intervyu berganimda mendan kim bilan tanishmoqchi ekanligimni so'rashgandi. O'shanda Aleksey Miranchuk bilan deb javob berganman, u rus futbolidagi kumirim hisoblanadi. Keyinchalik o'zi bilan uchrashdim va bundan xursand bo'ldim. U ham meni qo'llab-quvvatladi, hatto mashg'ulotdan so'ng ikkalamiz maydonda qolib jarima zarbalarini mashq qildik.

 


- Miranchuk "Atalanta" darajasiga mos keladimi? 

- Uni hatto yuqoriroq darajada deb bilaman. Bejizga unga "Yuventus", "Milan" kabi jamoalardan qiziqish bo'lgani yo'q. Uning ketishidan xabar topgach, yanada ko'proq gaplashishga va nimadir o'rganishga harakat qildim. Mashg'ulot paytida uning orqasida turib harakatlarini o'xshatib bajarishga harakat qildim. Bazan o'xshadi, bazan yo'q, lekin mana shu qisqa vaqt ichida birga ishlaganimdan xursandman. "Zenit" bilan o'yindan keyin birgalikda suratga tushdik, u menga dastxat yozib berdi. Keyin esa o'z ustingda ko'proq ishla, men senga ishonaman deb qo'ydi.


- Rossiyaga moslashish jarayoni ortda qoldimi? 

- Bu borada muammo bo'lmadi. Ikki-uch hafta ichidayoq o'zimni uydagidek his qila boshladim. "Tambov"ga kelganimdan beri ham yangi jamoaga juda tez moslashdim. "Benevento" klubiga borganimda bir yarim hafta menga etarli bo'lgandi va qolishni juda xohlagandim. Italyan tilini bilmasam ham mashg'ulotlarda o'zimni ko'rsata olganman. 


- "Bunyodkor" sobiq bosh direktori Ulug'bek Mirzaev 2020 yilning yozida "Benevento" bilan shartnoma tuzishingizni aytgandi. Nima uchun bu o'tish amalga oshmadi?

- 2019 yil qishida ko'rikka borganimdan keyin "Benevento" 18 yoshga to'lishimni kutishi kerak edi. Tug'ilgan kunim 15 mayda, Italiyada chempionat tugaganidan so'ng ular yakuniy javobni aytmoqchi edi, biroq pandemiya boshlanib qoldi. "Benevento" rahbariyati bilan gaplashganimizda chempionat yangi startini kutish kerakligini aytishdi. SHundan so'ng ular yoshlarga ishonadimi yoki kattalargami - bir qarorga kelishlari lozim edi. Agar Italiyadan "yo'q" deb javob kelganida men O'zbekistonda qolardim. SHu bois "Lokomotiv"dan taklif tushishi bilan rozi bo'ldim. "Benevento" mashg'ulotlarida ishtirok etib shuni sezdimki, Filippo Inzagi meni kuzatgan. Mashg'ulot paytida u doim oldimga kelib nimadir gapirardi. Men esa italyanchani tushunmasdim. Keyin u menga qo'l harakatlari bilan tushuntirishga urindi. O'z navbatida men ham tushunishga harakat qildim, lekin baribir o'xshamadi. 


- Agar Inzagi ingliz tilini bilganida hammasi boshqacha bo'larmidi?

- Ha, albatta. CHunki men inglizchani bilaman. 


- Nima uchun sizga tarjimon berishmadi? 

- Menga tezroq italyanchani o'rganish kerakligini aytishdi. SHu bois tarjimon berishmadi, buning ustiga jamoada inglizchani hech kim bilmaskan. Bu jamoada hatto 9 oydan beri til o'rganmagan futbolchi bor ekan, keyin u bilan shartnomani bekor qilishdi.


- Nikolich va Inzagi - qaysi biri kuchli? 

- Solishtirish qiyin, chunki Inzagi qo'l ostida faqat mashg'ulot o'tkazdim. Rasmiy o'yinlarga tayyorlanganim yo'q. Nikolichga kelsak, u yaxshi murabbiy va futbolchilar bilan gaplashishni biladi. U kishi juda hissiyotga beriluvchan va doim futbolda hissiyot juda muhim deydi. Uning qo'l ostida "Lokomotiv" ayniqsa standart vaziyatlarda yaxshi harakat qilyapti. Meni jamoaga aynan shu murabbiy chaqirganini ham yaxshi bilaman. 


- Bu qanday sodir bo'lgandi? 

- Menga shaxsan "Lokomotiv" bosh murabbiyi qiziqayotganini aytishdi. O'z navbatida men ham uning yoshlar bilan ko'p ishlaganini va yordam qo'lini cho'zishini bilardim.


- Bularning hammasini sizga Yuriy Belous etkazdimi? 

- Ha. 


- Belous transferingiz amalga oshayotgan mahal sizni Joao Mariodan ham kuchli bo'ladi deb aytdi. 

- Uning gaplari bo'yicha o'zidan so'ragan maqul. Men esa shuni aytishim mumkin, Joao Marioga tenglashish uchun hali ko'p ishlashimga to'g'ri keladi. Axir Evropa chempionatida g'olib chiqish hammagayam nasib etmaydi.


- Belous bilan ishlash qanday yuzaga keldi? 

- Bir yarim yilcha oldin tanishgandim. U O'zbekistonga kelib men bilan uchrashgan va o'yinim haqida iliq fikrlar bildirdi.


- Sizga aniq kimlardan taklif tushgandi? 

- "Lokomotiv" va "Beshiktosh".


- Nega "Beshiktosh"ga bormadingiz?

- CHunki O'zbekistondan chiqib kimdir Turkiya chempionatida o'ynab ketganini eslay olmadim. Rossiyada esa biznikilar har doim bo'lgan. SHomurodovdan o'rnak olishga harakat qildim.


- Ijara shartiga ko'ra "Lokomotiv"ga qarshi maydonga tushishingiz mumkinmi?

- Aniq bilmayman, shartnomaga qarash kerak. Agar maydonga tushsam, o'zimni ko'rsatishga harakat qilaman. 


- "Bunyodkor"dan "Lokomotiv"ga o'tish transferingiz ancha shubhali ekani haqida ko'p gapirildi. Bu borada o'zingiz qanday fikrdasiz? 

- Masalaning tub mohiyatiga etish uchun yaxshisi agentlar va "Bunyodkor" rahbariyatidan so'ragan maqul. O'zim gapiradigan bo'lsam, men jamoadan chiroyli ketishni va klub mening transferimdan pul ishlab qolishini xohladim. Bu borada agent bilan gaplashdim va o'ylaymanki, hammasi "Bunyodkor" foydasiga yaxshi yakun topadi.


- Futboldan tashqari sevimli ishingiz? 

- Uyda o'tirish. Ko'chada aylanishni yoqtirmayman, ayniqsa Moskvada tirbandlik haddan tashqari ko'p ekan. Men yaxshisi uyda qolib kompyuter o'ynashni maqul ko'raman. Ikkinchi yoqtirganim ishim o'zbekcha restoranga borib osh eyish. Moskvadagi "Uryuk" restoraniga har hafta borib osh eb kelaman. 


- Oilangiz haqida gapirib bersangiz. 

- Onam yoshligimda vafot etgan. Buvim va ikkita tog'amning qo'lida katta bo'lganman. Akam va singlim yo'q. Rossiyada bir o'zim yashayapman, karantin tugasa qarindoshlarim ko'rgani kelishadi.


- SHomurodov o'zining dastlabki butsasini 14 yoshda olgan ekan. Siz-chi? 

- Men 8 yoshimda "Bunyodkor"ga kelganman. O'shanda kichkina edim va buvim qo'yib yubormagandi. Keyin esa yig'laganman. SHundan so'ng buvim ruxsat berganlar. 15 yoshgacha o'zimning butsam bo'lmagan. Olishga imkonim ham yo'q edi. Faqat "Bunyodkor"ning ikkinchi jamoasida o'ynay boshlaganimdan so'ng butsa kiyishni boshlaganman.


- Barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi kim? 

- Messi.


- Qanday mashinangiz bo'lishini xohlaysiz? 

- Mashinalarga hech qachon qiziqmaganman va hozirgacha mashina sotib olishni o'ylab ko'rmaganman.


- Kiyinish bo'yicha qaysi brendlarni yoqtirasiz? 

- Ko'p ham do'konga bormayman. 


- Oston O'runovning mashhur surati esingizdami? 

- Ha. esimda. (kuladi)


- Hayotda kim bilan ko'proq uchrashishni istagan bo'lardingiz?

- Onam bilan. Uning faqat rasmlari bor, o'zini eslolmayman. Onamning yuzi ham yodimda qolmagan. SHu bois uchrashishni jon deb xohlagan bo'lardim.

Reyting: +71   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика