O'FA futboldan chetlatgan Jasur Muxtorov 5,5 yildan so'ng Superliga o'yinini boshqaradi
03 mar 18:10
Yangiliklar
O'FA futboldan chetlatgan Jasur Muxtorov 5,5 yildan so'ng Superliga o'yinini boshqaradi
Xabaringiz bor, yaqinda Superliganing 2-tur uchrashuvlariga hakamlar tayinlandi.
"Mashal" – "Lokomotiv" bahsini boshqari Jasur Muxtorovning zimmasiga yuklatildi. Ushbu referi oradan 5,5 yil o'tib yana Superligada bosh hakamlik qiladi.
Gap shundaki, Jasur Muxtorov 2020 yil yakunida O'FA futbol faoliyatini nazorat qilish maxsus inspekciyasi tomonidan besh yil muddatga futbol bilan bog'liq har qanday faoliyatidan chetlatgan va jarimaga tortgan edi. Muxtorovning diskvalifikaciya muddati o'tgan yili tugagandi. Shundan so'ng u quyi ligalardagi bahslarida faoliyat yuritdi, shuningdek, Superligada zaxira hakami vazifasini ham bajardi.
Superligada esa oxirgi marotaba 2020 yilning 22 oktyabr kuni Muborakda "Mashal" – "Qo'qon-1912" (1:2) uchrashuvida bosh hakam sifatida ishlagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar