Erondagi legionerlarimiz Superligaga qaytishi mumkinmi? Diyor Imomxo'jaev javob berdi
02 mar 18:09
Yangiliklar
Erondagi legionerlarimiz Superligaga qaytishi mumkinmi? Diyor Imomxo'jaev javob berdi
Bu chempionatda O'zbekiston milliy terma jamoasining 5 nafar futbolchisini faoliyat olib bormoqda. Oldinda bizni Jahon chempionati kutib turibdi. Xo'sh, o'zbekistonlik futbolchilarning taqdiri qanday kechadi? Ular transfer oynasi yopilib bo'lgan Superligamizga qaytishi mumkinmi? Shu savollarni PFL rahbariga berdik:
"Agar FIFA xuddi Rossiya va Ukrainadagi kabi futbolchilarga Eron klubini bir tomonlama tark etish huquqini bersa va O'zbekistonga boshqa associaciya klubidan keladigan futbolchini transfer oynasidan tashqari olishga ruxsat bersa, biz o'zimizning o'yinchilar uchun ro'yxatdan o'tishni ochishga tayyormiz. Bizda mavsum endigina boshlandi va bu narsa hech qanday sport yaxlitligiga tasir qilmaydi. Barchasi O'zbekiston terma jamoasining manfaati yo'lida bo'ladi", - dedi Diyor Imomxo'jaev.
Eslatib o'tamiz, Eron chempionatida hozirda Rustam Ashurmatov, Igor Sergeev, Odil Hamrobekov, Oston O'runov va Jaloliddin Masharipov kabi legionerlarimiz o'ynashmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar