So’nggi yangiliklar

02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  21 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  1 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  2 00:14Бундеслига. "Боруссия" Д йирик ғалабага эришди  0 23:45А Серия. "Ювентус" 2-турда ҳам ғалабага эришди  3 23:30Абдуқодир Ҳусанов "CAFA Nations Cup" мусобақасида ўйнайдими?  3 23:08Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" ўз майдонида "Эйюпспор"ни мағлуб қила олмади  36 22:55"Севинч" тарих яратди ва ОЧЛга йўлланма олди!  5 22:40Пеп Гвардиола: "Балки Ҳусанов жароҳат олмаганида ютқазмаган бўлардик"  22 22:25АПЛ. "Ливерпуль" Собослаининг суперголи эвазига "Арсенал"ни мағлуб қилди  40 21:53"Манчестер Юнайтед" янги дарвозабони билан келишувга эришди  10 21:45АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 2:1  1 21:35Родри: "Мен Месси эмасман"  14 21:11"Арсенал" ҳар турда йўқотишларга учрамоқда  1

Nikolay SHirshov xotira kubogida qaysi jamoalar qatnashadi? Yangiliklar

Nikolay SHirshov xotira kubogida qaysi jamoalar qatnashadi?

Inson vafot etsada uning amalga oshirgan ishlari doim yorqin xotiralar bilan eslanadi.

O'zbek futbolida katta nomga ega bo'lgan, terma jamoadagi ajoyib o'yinlari bilan xalq mehrini qozongan Nikolay SHirshov ham ana shunday azizlashga loyiq deya olamiz. 

Ayniqsa, 2002 yilgi JCH saralashi doirasidagi Xitoyga qarshi so'nggi o'yin muxlislarning hali ham yodida bo'lsa, ajab emas. Gap shundaki, so'nggi o'yinda ham bizda hech bo'lmaganda pley-offga chiqish uchun nazariy imkoniyat bor edi. Buning uchun termamiz bu bahsda g'alaba qozonishi, guruhdagi boshqa raqiblarimiz hisoblangan, BAA - Ummon bahsida esa mehmonlarning qo'li baland kelishi kerak edi. Uchrashuvning so'nggi daqiqalari o'tib borayotganda, SHirshov xitoyliklar darvozasini uzoq masofadan ishg'ol qildi va bu quvonchini muxlislar bilan baham ko'rdi. Bu xursandchilikning sababi esa stadionda BAA - Ummon bahsida, mehmonlarning qo'li baland kelgani haqida noto'g'ri malumot ketgani sabab bo'lgan edi. Keyinchalik esa, g'alaba qozonganimizga qaramay pley-offga ilina olmaganimiz oydinlashgandi.

Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, SHirshov Rossiyada yosh futbolchilarga murabbiylik qilib kelayotgandi. 2021 yilning 28 dekabr kuni noxush xabar barcha o'zbekistonlik futbol muxlislarini ranjitdi: Nikolay SHirshov vafot etdi...

Uning o'yinlarini ko'rib katta bo'lgan insonlar bunga ishonishmasdi. Afsuski endi u oramizda yo'q. Bir necha yil davomida "Paxtakor" klubida to'p tepgan Nikolay SHirshovni "xalq jamoasi" yodidan chiqarib qo'ygani yo'q.

"Paxtakor" va "Kelajak Yulduzlari co" "Trastbank" homiyligida 1-4 sentyabr kunlari Nikolay SHirshov xotirasiga bag'ishlangan turnirni o'tkazadi. Sobiq futbolchilarning nomiga bunday musobaqalarni tashkil qilishni o'ziga anana qilib olgan "Kelajak Yulduzlari co" Navro'z bayrami arafasida Dilmurod Karimovni yodga olgan edi. Demak, "Nikolay SHirshov" kubogining taqvimi va ishtirok etadigan jamoalar bilan tanishing.


Nikolay SHirshov xotirasiga bag'ishlangan kubok

1-4 - sentyabr kunlari

"Paxtakor" (shaxmat)

2015 yillar


1 – tur, 01/09

10:00. "Paxtakor" -  "SHahrixon"

11:00. "Lokomotiv" -  "Junior"  

12:00. "Kosonsoy" - "Lochin"

13:00. "BO'SM 16" - "Feniks"


2 – tur, 02/09

10:00. "Kosonsoy" -   "BO'SM 16"

11:00. "Feniks" -  "Lochin"

12:00. "Paxtakor" -  "Lokomotiv"

13:00. "Junior"  - "SHahrixon"


3 – tur, 03/09

10:00. "Junior"  - "Paxtakor"

11:00. "SHahrixon" -  "Lokomotiv"

12:00. "Feniks"   -  "Kosonsoy"

13:00. "Lochin" -   "BO'SM 16"


FINAL, 04/09

A1 vs B1

B2 vs A2

A3 vs B3

B4 vs A4

 

1-4 - sentyabr kunlari

"Paxtakor" (shaxmat)

2016 yillar

1 – tur, 01/09

10:00. "Paxtakor" - "Lider Best"

11:00. "Junior" - "Bunyodkor"

12:00. "Lokomotiv" - "BO'SM 16"

13:00. "Paxtakor B" - "Feniks"

2 – tur, 02/09

10:00. "Lokomotiv" - "Paxtakor B"

11:00. "Feniks" - "BO'SM 16"

12:00. "Paxtakor" - "Junior"

13:00. "Bunyodkor" - "Lider Best"

3 – tur, 03/09

10:00. "Bunyodkor" - "Paxtakor"

11:00. "Lider Best" - "Junior"

12:00. "Lokomotiv" - "Feniks" 

13:00. "BO'SM 16" - "Paxtakor B"

FINAL, 04/09

A1 vs B1

B2 vs A2

A3 vs B3

B4 vs A4

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика