Nikolas Kordoba: "O'zbekiston o'yinni to'liq nazorat qildi"
04 iyu 2022 22:33
Yangiliklar
Nikolas Kordoba: "O'zbekiston o'yinni to'liq nazorat qildi"
O'zbekiston - Qatar uchrashuvidan so'ng qatarliklar ustozi Nikolas Kordoba o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Tezkor gol rejalarimizni butkul o'zgartirib yubordi. O'zbekiston yaxshi o'yin namoyish etdi, ularning hujumlari rang-barang ko'rinish oldi. Butun o'yin davomida raqib o'yinni nazorat qildi. O'zbekiston g'alabaga haqli edi. Endilikda bor etiborimizni kelgusi o'yinga qaratamiz. Mag'lubiyatdan so'ng tezroq tiklanishga harakat qilamiz. Bugungi mag'lubiyatni qabul qilishimiz qiyin, albatta. Mag'lubiyatda faqatgina darvozabonni ayblab bo'lmaydi, butun jamoa birdek aybdor sanaladi. Hali qiladigan ishlarimiz bisyor. Futbolchilar ham odam, ularning ham oilasi bor", - dedi Kordoba.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar