So’nggi yangiliklar

19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  0 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  5 18:22"Удинезе" — "Наполи". Таркиблар маълум  0 18:08Суперлига ўтиш ўйинини ким бошқаради?  4 17:49"Манчестер Сити" ва "Тоттенхэм" ўйинлари учун таркиблар маълум  16 17:33Марко Станоевич Ўзбекистондаги фаолияти, "Насаф"дан кетиши ва унга қарши ўйнаган энг яхши футболчилар ҳақида гапирди   1 16:54"Персеполис" — "Алуминиум Арак". Таркиблар маълум  1 16:15"Насаф": Умар Эшмуродов билан шартнома узайтирилди  0 15:13"Гулистон" 16 декабрдан ўқув-йиғин машғулотларига киришади. Клуб президенти, директори ва бош мураббийи маълум  13 14:31"Тоттенхем" 70 миллионлик форвардни нишонга олди  4 13:57"Реал" янги ҳимоячининг трансфери бўйича келишиб олди  2 13:11"Реал" Камавингага нарх қўйди  7 12:22"Реал" "Манчестер Юнайтед"дан ҳимоячи сотиб олиши мумкин  4 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: “Сити”, “Бавария”, “Реал” ва бошқалар  0 11:34"Реал" Хаби Алонсони бугуноқ истеъфога чиқариши мумкин  31

Nikki Xavenar: “Mening sevimli jamoam “Arsenal” Yangiliklar

Nikki Xavenar: “Mening sevimli jamoam “Arsenal”

Xabaringiz bor, shu kunlarda 1995 yilda tavvallud topgan futbolchilardan tashkil topgan Yaponiya yoshlari yurtimizda mehmon bo'lishdi.
Bu jamoa Aleksey Evstafeev murabbiyligi ostidagi yoshdagi futbolchilardan iborat terma jamoa bilan ikki bor o'rtoqlik uchrashuvda maydonga tushishdi. Dastlabki uchrashuvda mehmonlar 3:2 hisobida g'alaba qozongan bo'lsa, ikkinchi uchrashuvda esa, jangovar durang qayd etildi. Har ikki bahsda yaponiyaliklar tarkibida ajoyib o'yin ko'rsatgan Nikki Xavenar etiborimizni tortdi. Qolaversa, u Yaponiya milliy terma jamoasining hujum chizig'ida harakat qiluvchi Mark Xavenarning ukasi ekanligi ham, bizning Nikkiga nisbatan qiziqishimizning yana-da oshishiga sabab bo'ldi. Uning O'zbekiston haqidagi fikrlari, uchrashuvdan olgan taassurotlari nafaqat bizga balki, muxlislarga ham qiziq ekanligini hisobga olib, ikkinchi uchrashuv yakunlangandan so'ng, U bilan uchrashib qisqacha suxbat uyushtirdik.

- Nikki yurtimizga xush kelibsiz?
- Rahmat. Bir oz issiq ekanligini hisobga olmaganda yurtinglar juda ham ajoyib ekan.

- Mana ikki bor o'zbekistonlik tengqurlaringizga qarshi maydonga tushdingiz. Ushbu uchrashuvlar sizda qanday taassurot qoldirdi? Umuman O'zbekiston qanday uslubda to'p surishi haqida qandaydir mlumotga egamidinglar?
- Uchrashuvlar juda yuqori saviyada o'tdi deb o'ylayman. O'zbekiston Osiyoning kuchli futbol mamlakati ekanligi hammaga malum. Har bir toifadagi terma jamoanglar xalqaro arenalarda yaxshi natijalarga erishib kelayapti. Bizga qarshi maydonga tushgan terma jamoangiz ham, yaxshi shakillangan va tarkibida ajoyib tarzda harakatlana oladigan futbolchilar ko'pchilikni tashkil qilar ekan. Biz O'zbekiston terma jamoasini qisqa to'p uzatishlarga asoslangan futbol namoyish etadi deb, o'ylagandik. O'yin mobaynida amin bo'ldim-ki, uzun “pas”lar va ikkinchi qavatda ham, yurtingiz jamoasi samarali harakatlana olar ekan. Oldingi chiziqdagi baland bo'yli hujumchi (Igor Rogavanov nazarda tutilmoqda, muallif) menga juda qiyinchiliklar tug'dirdi.

- Akangiz, Mark Xavenar o'zbekistonlik futbol muxlislariga juda ham yaxshi tanish. Lekin u hujum chizig'ida to'p suradi. Siz himoyani tanlashingizga asosiy sabab nima? Balki Yaponiyada yuqori saviyadagi hujumchilar etishib chiqishi, yoki akangiz Mark kabi etuk darajaga eta olmayman degan o'y bo'lgandir. Odatda, muxlislar biror mashhur futbolchi va yaqinlarini bir-biriga solishtirishga odatlangan?
- Yoshlik chog'imizda Mark meni darvozaga qo'yib, o'zi zarbalar berishga odatlangandi. Extimol, shu paytlardan boshlab menda himoyaga bo'lgan qobiliyat rivojlanib borgandir. Qolaversa, har bir futbolchida o'ziga yarasha istedod bo'ladi. To'g'ri, yaponiyada tezkor va yuqori darajadagi hujumchilar etishib chiqadi. Lekin himoya borasida ham maqtana olamiz. Masalan, Yuto Nagatomoni misolida buni ko'rish mumkin. Akam bilan ko'p bor kuch sinashganmiz. Deyarli hamma vaqt men yirik hisobda mag'lub bo'lardim. Mark hujum uchun tug'ilgandek go'yo. Men hujumda akam kabi to'p sura olmasligim aniq edi.

- Hozirda, qaysi klub safida to'p surayapsiz?

- “Nagoya Grampus”.

- Yaponiyalik yosh futbolchilarga kuchli chempioanat vakillari jiddiy etibor qaratishmoqda. Sizga ham qiziqishlar bo'ldimi? Qolaversa, Mark Xavenar Gollandiyaning “Vitess” jamoasida to'p suradi. Extimol kichik Xavenarga ham ushbu klub befarq emasdir?
- Hozircha, bu borada qiziqishlar bo'lmadi. Balki, bir oz o'zimizni ko'rsatishimiz kerakdir. Mening sevimli jamoam “Arsenal”. Kelajakada o'zimning ustimda qattiq ishlab, ushbu mashhur jamoa safidan o'rin olishga harakat qilaman.

Ahmad ESHMATOV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика