Nika Kacharava: "Superligadagi futbolchilar jismoniy jihatdan kuchli ekan"
22 mar 20:00
Yangiliklar
Nika Kacharava: "Superligadagi futbolchilar jismoniy jihatdan kuchli ekan"
- Nika, avvalambor jarohatdan tuzalib maydonga qaytganingzidan xursandmiz, Superliga 4-turida "Buxoro" safida debyut qildingiz, yangi mamlakat va chempionatga moslashish jarayonlari qanday kechmoqda?
- Jarohatdan forig' bo'lib yana yashil maydonga qaytganimdan men ham xursandman, keyingi uchrashuvlarda ham maydonga tushib, jamoam uchun yordam berishni intiqlik bilan kutyapman. Moslashish jarayonlari barchasi alo darajada ketmoqda.
- “Buxoro” jamoasiga qo'shilish varianti sizda qanday paydo bo'ldi? O'zbek futboli va mamlakatimiz haqida sizda qanday malumotlar bor edi?
- Barchasi juda tez sodir bo'ldi, yil boshida “Buxoro” jamoasidan taklif oldim, Taklifni qabul qilish haqida ko'p o'ylab o'tirmadim, boisi O'zbekiston chempionatida to'p tepgan do'stlarim orqali juda ko'p ijobiy fikrlarni eshitgan edim. Shu tufayli qaror qabul qilish qiyin kechmadi.
- Faoliyatingiz davomida yaxshi saviyadagi chempionatlarda to'p tepgansiz, O'zbekiston Superligasi darajasi haqida qanday fikrdasiz? Siz o'ynagan chempionatlar bilan solishtirganda qanday farqlar mavjud?
- Superligada hozircha faqat bitta uchrashuv o'tkazdim, taqqoslash uchun hali erta deb o'ylayman. Ammo hozirgacha ko'rganlarim shundan iboratki, futbolchilar jismoniy jihatdan kuchli ekanligini takidlab o'tmoqchiman.
- “Buxoro” chempionatni muvaffaqiyatli tarzda boshladi, jamoaning dastlabki o'yinlardagi o'yini haqida qanday fikrdasiz?
- Darhaqiqat chempionatda yaxshi start oldik, ortda qolgan o'yinlar davomida yigitlar juda yaxshi o'yin ko'rsatishdi. O'yindan-o'yinga o'zimizga bo'lgan ishonch ortib bormoqda. Biz keyingi o'yinlarda ham shu ruhda davom etishimiz kerak.
- Bilamizki, otangiz Kaxaber Kacharava o'z vaqtida Gruziyada mashhur futbolchi bo'lgan, futbolga kirib kelishingizga otangiz ham sabab bo'lganmi?
- Albatta, men futbol o'ynashni boshlashimga eng katta sabab otam edi, Yoshligimda uning o'yinlarini ko'rib katta bo'lganman va har doim unga o'xshashni xohlar edim.
- Muxlislarning sizdan bu yilgi mavsumdan umidlari katta, ishonamizki, mavsum davomida o'z gollaringiz bilan buxorolik ishqibozlarni xursand qilasiz.
- Men ham bu yilgi mavsumdan umidlarim katta. Muxlislar ishonchini his qilib turibman. Buxoro” jamoasining g'alabalariga o'z gollarim bilan yordam berishga tayyorman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Суперлига. "Нефтчи" захирадан тушганларнинг самарали ҳаракатлари эвазига "Локомотив"дан устун келди
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
Суперлига. Икки гол бекор қилинган ва уч пенальти белгиланган ўйинда "Пахтакор" "Сўғдиёна"ни мағлуб этди
Fikrlar