Transfermarkt va Championat.Asia oy laureatlarini aniqladi
22 mar 17:18
Yangiliklar
Transfermarkt va Championat.Asia oy laureatlarini aniqladi
So'rovnomada Championat.Asia ishchi xodimlari, Transfermarkt portalining ruscha taxririyati rahbari Georgiy Lekarev va taklif qilingan ekspert Otabek Jo'raev ishtirok etdi.
Unga ko'ra, Superliganing oy murabbiyi sifatida Aleksandr Xomyakov tan olindi. Uning qo'l ostida "Buxoro" o'z tarixidagi eng yaxshi startni amalga oshirdi va dastlabki 4 o'yinda 10 ochko jamg'ardi. Xususan jamoa "Navbahor", "Dinamo" kabi jamoalarni mag'lubiyatga uchratdi. U 47 foiz ovoz to'pladi. Ikkinchi o'rinni 31 foiz ovoz bilan Islom Ismoilov egalladi.
Oy futbolchisi sifatida "Neftchi" hujumchisi Stipe Perica etirof qilindi. "Udineze", "Standard", "NAK Breda" va "Uotford" kabi jamoalarning sobiq forvardi milliy chempionatimizda birdaniga yuqori darajasini namoyish qildi. 30 yoshli hujumchi 4 o'yinda 4 gol urdi va uning gollari sababli jamoa peshqadamlik qilmoqda.
Perica ovoz berish jarayonida 31 foiz ovoz to'pladi. "Buxoro" kiperi Umid Hamroev (4 o'yin, 2 o'tkazib yuborilgan gol va 2 quruq o'yin) hamda "Neftchi" yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov (4 o'yin 1 gol va 3 assist) 26 foizdan ovoz to'plab, ikkinchi va uchinchi o'rinlarda qayd etildi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Суперлига. "Нефтчи" захирадан тушганларнинг самарали ҳаракатлари эвазига "Локомотив"дан устун келди
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
Суперлига. Икки гол бекор қилинган ва уч пенальти белгиланган ўйинда "Пахтакор" "Сўғдиёна"ни мағлуб этди
Fikrlar