O'zbekiston milliy terma jamoasi tibbiy shtabiga tajribali mutaxassislar jalb etildi
22 mar 18:03
Yangiliklar
O'zbekiston milliy terma jamoasi tibbiy shtabiga tajribali mutaxassislar jalb etildi
Jahon chempionatiga tayyorgalik olib borayotgan jamoamizning tibbiy shtabiga bir qator tajribali mutaxassislar jalb qilinishi rejalashtirilgan.
Xususan, uzoq yillar davomida Italiya milliy terma jamoasi shifokori sifatida faoliyat yuritgan, sport tibbiyoti va ortopediya sohasida katta tajribaga ega mutaxassis Enriko Kastellachchi terma jamoa tibbiy shtabida ish boshlaydi. Kastellachchi Italiya futbol shifokorlari associaciyasi prezidenti hamda Italiya ortoped-travmatologlari milliy associaciyasi vice-prezidenti sifatida ham faoliyat olib borgan.
Shuningdek, terma jamoa tibbiy shtabiga italiyalik fizioterapevt — Simone Sidjilo ham jalb etildi. Ushbu mutaxassis faoliyati davomida “Palermo”, “Salernitana” va “Benevento” klublarida ishlagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Суперлига. "Нефтчи" захирадан тушганларнинг самарали ҳаракатлари эвазига "Локомотив"дан устун келди
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
Суперлига. Икки гол бекор қилинган ва уч пенальти белгиланган ўйинда "Пахтакор" "Сўғдиёна"ни мағлуб этди
Fikrlar