O'zbekiston kubogi. 1-bosqichdan keyin murabbiylarning fikrlari
22 mar 19:49
Yangiliklar
O'zbekiston kubogi. 1-bosqichdan keyin murabbiylarning fikrlari
Andrey Pyatnickiy ("Azur" jamoasi bosh murabbiyi):
"Afsuski, darvozabon xatosi sababli gol o'tkazib yubordik. Shu sababli strategiyani o'zgartirishga to'g'ri keldi va o'yinning borishini o'zgartira olmadik. Bahs so'nggida ko'plab imkoniyatlar yuzaga keldi. Gol kiritib, xotirjam uchrashuvni yakunlashimiz mumkin edi, ammo buni amalga oshira olmadik va asabiy o'tdi. Bu mavsumdagi ilk bellashuvimiz va tabiiy qabul qilish kerak. Muhimi — kelgusida buni takrorlamaslik.
O'ylashimcha, biz "Do'stlik"ni engishga qodirmiz. To'g'ri, "Do'stlik" ham jiddiy jamoa, tajribaga ega. Alohida strategiya bilan yondashib, g'alaba qozona olishimizga umid qilaman. Jamoamizning rejalari katta".

Akbarali Ziyamov ("Barkamol" jamoasi murabbiyi):
"Mavsumdagi ilk o'yinda xatolarimizni ko'rib oldik. Uchrashuv oxirida vaziyatlarimiz etarlicha bo'ldi, ammo foydalana olmadik. Barkamol klubida 7-18 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan iborat maktab mavjud. Jamoamiz asosi aynan shu maktab tabriyalanuvchilaridan shakllantirilgan. Maqsadimiz esa ular orasidan terma jamoaga nomzod o'yinchilarni etishtirishdan iborat".

Abbos Ergashov ("Guliston" jamoasi bosh murabbiyi):
"Bugungi bahsga qadar ko'plab o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdik. Ammo, rasmiy o'yin bilan ularning farqi katta. Biz har bir raqibga hurmat bilan yondashamiz. Shu sababli, futbolchilar maksimal harakat qildi. Jamoamiz hali o'z o'yinini to'liq namoyish etgani yo'q. O'ylashimcha, potensialimiz yuqori".

Baxtiyor Ashurmatov ("Sonyc X" media klubi bosh murabbiyi):
"Gulistonga katta futbol qaytgani bilan tabriklayman. Ular o'z oldiga yuqori maqsad qo'yilgani ko'rinib turibdi. Yigitlarga etiroz bildirmayman. Kurash olib bordik, raqib 10 kishi bo'lib qolganida vaziyatlar ham yaratdik.
Uchrashuvdan avval mayda xatolar golga olib kelishi mumkinligini takidlagan edim. Afsuski, ikkita qo'pol xato golga olib keldi va engildik. Biz haftada ikki bor shug'ullanamiz va kuniga 2 mahal mashg'ulot o'tkazuvchi jamoaga jismoniy jihatdan ortda qolishimiz tabiiy. Bahs so'ngida bir kishi ko'p harakat qilgan bo'lsak-da bu narsa o'yinda unchalik ham sezilmagani bunga misol. Qolaversa, bugun maydonga tushgan 4-5 nafar futbolchini 1 hafta oldin jamoaga jalb etdik va istaymizmi yo'qmi ular u qadar kirishib ketolgani yo'q. Natija ijobiy bo'lmagan bo'lsa ham yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Ular bugun borini berib o'ynadi".

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Суперлига. "Нефтчи" захирадан тушганларнинг самарали ҳаракатлари эвазига "Локомотив"дан устун келди
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
Суперлига. Икки гол бекор қилинган ва уч пенальти белгиланган ўйинда "Пахтакор" "Сўғдиёна"ни мағлуб этди
Fikrlar