So’nggi yangiliklar

20:05"Бухоро" "Динамо"ни мағлуб этиб, турнир жадвалининг 1-ўрнига кўтарилиб олди  28 19:53Венесуэла терма жамоаси Тошкентда бўлиб ўтадиган FIFA Series турнири учун қайдномасини эълон қилди  1 19:07"Реал" Куртуани йўқотди  5 18:30"Ливерпул"нинг ёзги трансфер ойнаси учун асосий мақсади маълум  2 18:06Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди  68 17:35Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Япония билан ўйнайди  3 16:39ФИФА "Хоразм" футболчиси бўйича қарор чиқарди  1 16:07"Манчестер Сити" аллақачон Гвардиолага ўринбосар изламоқда. Мураббийнинг ўзи бунга қандай қарайди?  7 15:28Лапорта "Барселона" "Камп Ноу"дан кўчишини эълон қилди  4 14:42Эксперт фикри. Абдуқаҳҳор Ҳожиакбаров: "Андижон" бугун ғалаба қозона олмаса, мухлислар кечирмайди"  5 14:19Қозоқ клуби МЮ собиқ футболчиси билан шартнома тузиши мумкин  1 13:54"Қўқон-1912" "Навбаҳор" устидан ғалаба қозонган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 13:27"Арсенал" аввал амалга ошириб бўлмаган трансфер мақсади учун катта пул тўлашга тайёр  4 12:59"Сиёсий вазият турнирни бутунлай сояда қолдирмоқда": Лёв Америкадаги ЖЧ бўйича хавотир билдирди  5 12:30"Реал"нинг 18 ёшли футболчиси ЕЧЛда рекорд ўрнатди  18

"Buxoro" "Dinamo"ni mag'lub etib, turnir jadvalining 1-o'rniga ko'tarilib oldi Yangiliklar

"Buxoro" "Dinamo"ni mag'lub etib, turnir jadvalining 1-o'rniga ko'tarilib oldi

Superliga 4-Birinchi bo'lim yakunlandituridan o'rin olgan "Buxoro" – "Dinamo" bahsi yakunlandi.

Superliga, 4-tur

"Buxoro" – "Dinamo" 3:1 

Gol: 45 - Ravshan Xayrullaev (avtogol), 49 - Temur Mamasiddiqov, 54 - Shahzodbek Ubaydullaev (Muhammad Yo'ldoshev), 61 - Ravshan Xayrullaev (Temur Mamasiddiqov)

Bosh hakam: Ahrol Risqullaev

Yordamchi hakamlar: Shohrux Maqsudov, Adham Rixsiboev

Zaxira hakami: Alisher Abduvohidov

VAR: Akobirxo'ja Shukurullaev

AVAR: Sanjar Shoyusupov

Nazoratchi: Zokir Qodirov

Komissar: Vladimir Nazarov

"Buxoro": 12.Umidjon Hamroev, 2.Velko Filipovich, 6.Ravshan Xayrullaev, 7.Xurshidbek Muxtorov, 10.Shahzodbek Ubaydullaev (88.Dominik Begich. 71), 11.Temur Mamasiddiqov ( 22.Asadbek Jo'raboev,71), 17.Javohir Ro'ziev, 25.Sherzod Esanov (21.Mixeil Basheleishvili,75), 27.Muhammad Yo'ldoshev, 78.Vladimir Rodich (9.Nika Kacharava, 78), 97.Shahboz Jo'rabekov.
Zaxira: 1.Shirinboy Abdullaev, 5.Sardor Qulmatov, 8.Anvarjon Jo'raev,   30.Boyan Mladovich, 42.Kiril Todorov, 

"Dinamo": 1.Edem Nemanov, 4.Nurillo To'xtasinov, 5.Mahamadu Dembele, 6.Jahongir O'rozov, 7.Sanjar Qodirqulov (17.Salim Mustafoev,57), 8.Azizbek Amonov, 15.Rasul Yo'ldoshev, 20.Jaloliddin Jumaboev, 21.Jahongir Abdusalomov (11.Xislat Xalilov, 73), 37.Firdavs Abdurahmonov (91.Bektemir Abdumannonov, 82), 99.Ulug'bek Hoshimov (10.Anvar Hojimirzaev,57).  
Zaxira: 13.Ravshanbek Yagudin,  16.Dramane Salou,  19.Mauro Brazil, 44.Kingsli Sarfo,  97.Til Mavretich.  

Ogohlantirish: 65 - Jaloliddin Jumaboev, 85 - Nurillo To'xtasinov, 87 - Xislat Xalilov, 89 - Ravshan Hayrullaev, 90+4 - Azizbek Amonov


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi

90+4. Risqullaev VARni ko'rdi va Amonovning qizili sariqqa o'zgartirildi

90. Amonov bir daqiqadan so'ng Jo'raboevga qarshi juda qo'pol o'ynadi va Risqullaev ikkilanmasdan qizil kartochkani ko'rsatdi

89. Ravshan Hayrullaev Amonov bilan tortishgani uchun ogohlantirildi

87. Xalilov simulaciya qilgani uchun ogohlantirildi

86. Jo'raboevning jarimadan yo'llagan kuchli zarbasini darvozabon qaytardi

85. To'xtasinov ham ogohlantirildi

82. Mehmonlardan navbatdagi hujum. Jumaboevning xavfli zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi

78. Kacharava maydonga tushdi, u Rodichning o'rniga maydonga tushdi

77. Jumaboevning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

75. Mixeil Basheleishvili Sherzod Esanovning o'rniga maydonga tushdi

73. Abdurahmonovning xavfli zarbasi himoyachiga tegib, burchakka chiqib ketdi

73. Xalilov Abdusalomovning o'rniga maydonga tushdi

71. Begich va Jo'raboev maydonga tushdi, ular Ubaydullaev va Mamasidiqovni alishtirishdi

69. Mezbonlar hisobni yirik ko'rinishga keltirishlari mumkin edi, biroq Mamasidiqov qulay imkoniyatdan foydalana olmadi

65. Jumaboev ogohlantirildi

62. GOOOL. Ravshan Xayrullaev o'z darvozasiga urgan goli uchun super javob qaytardi. Xayrullaevning uzoqdan yo'llagan zarbasini oldida Edem ojiz qoldi

60. Xojimirzaevning zarbasini darvozabon qaytardi

57. Xojimirzaev va Mustafoev maydonga tushdi, ular Hoshimov va Qodirqulovni alishtirishdi

57. Xojimirzaev va Mustafoev maydonga tushdi, ular Hoshimov va Qodirqulovni alishtirishdi

54. GOOOL. Bu safar Shahzod Ubaydullaevning o'zi gol urmoqda. Muhammad Yo'ldoshevdan super uzatmani ham alohida takidlash lozim

49. GOOOL. Mamasidiqov hisobni tenglashtirdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

45. GOOOL. Firdavs Abdurahmonov qanotda yaxshi harakat qildi va to'pni jarima maydonchasining ichiga uzatdi. To'p esa Xayrullaevnbing oyog'iga tegib, darvozaga kirdi

44. Temur Mamasidiqov raqiblardan yaxshi o'tdi va zarba yo'lladi. Biroq futbolchining zarbasi noaniq ketdi

35. Firdavs Abdurahmonovning zarbasi ham noaniq ketdi. Hozircha samarqandliklarning hech bir zarbasi darvozaga aniq bormadi

29. Vladimir Rodich hisobni ochgandi, biroq unga uzatma bergan Ubaydullaev o'yindan tashqari holatda edi.

29. Jumaboevning boshi bilan yo'llagan zarbasini himoyachi qaytardi

23. Rasul Yo'ldoshevning uzoqdan yo'llagan zarbasi biroz noaniq ketdi. Zarba ancha xavfli chiqqandi

21. Amonov boshi bilan zarba yo'lladi, bu zarbaga aniqlik etishmadi

17. Amonovning uzoqdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi

13. Ubaydullaevning jarimadan yo'llagan zarbasi to'g'ri Nemanovning qo'liga borib tushdi

11. Uchrashuvdagi ilk vaziyat. Ubaydullaevning kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi

Uchrashuv boshlandi!

Reyting: +4   

Fikrlar

+4   
19 mar 17:53:49
Ихтиёр
Бухоро галаба козонса дахшат булайди пешкадам булайдик то апрельгача дуранг ямон булмасди
+2   
19 mar 20:14:22
Rasul Xasanov
Динамо шарманда килди уйин нол Бухорони табриклайман утган йилги Динамо дан асар хам юк бу ахволда 10 таликга киришхам даргумон
+2   
19 mar 20:13:58
rizakulov_90
Хамйиков молодец минимал бюжет билан камандани олиб чикябти фаваритга
+2   
19 mar 19:47:36
BAB
Бухоро йил -кашфиёти!
+2   
19 mar 19:41:12
uzb
Уйин эмас трагедия буляпти,хомиков танилмаган боллардан кучли жамоа яратишга уста эканлигини бухоро мисолида яна бир бор гувохи буляпмиз,мана қандай уйнаш керак,Бердиев куринг бу уйини Хамиковдан қандай уйнаши урганиб олинг,бизи насаф диномога уйин охирида зурға гол уриб амалаб нечияга эришганди,Хамиковни бухороси 20 минутда 3 та голли диномога осонлик билан суқиб кетяпти,болоарез мана шундай учиб уйнаса жамоа осон натижага эришади,ха деб буларигаям булмасигаям тупни орқага ошириш билан чучоғни хам қиломайди
+1   
19 mar 20:16:09
SERGIO RAMOS
Ko‘z tegmasin G'alabalar bardavom bo'lsin Xomyakovni imzosi bilindi
+1   
19 mar 20:12:52
leva8989
Xayrulla Xamidov dan so'rashganda,bu yil ham Neftchi chempion bo'ladi,chunki asosiy tarkib va zaxirasi kuchli,qolgan klublar mavsum davomida bir tekis stabil ketishi qiyin degandi.Shunda ko'pchilik Navbahor va Dinamo kuchli deyishdi.Mana uje jamoalar ajralib qoldi,Navbahor ham Dinamo ham o'rtamiyona klublarga mag'lub bo'lmoqda..X.Xamidov taxminidek Neftchiga chempionlik yo'lida Paxtakor va Nasaf raqobat qila oladi shekilli.Ko'ramiz,kuzatamiz.
+1   
19 mar 20:12:01
Namozov Abbos
G'alaba bilan tabriklayman Buxoro muxlislarini g'alabalar bardavom bo'lsin.
+1   
19 mar 20:08:53
TOMJIQ_OLOT
Чиройли ва ишончли ҒАЛАБА муборак! Зўр камбэк бўлди, қойил! Офарин!!!
+1   
19 mar 20:02:37
Азим Исмаилов
Уйин такдири хал бухоро койил
+1   
19 mar 19:38:58
Namozov Abbos
Xozircha hisob 3-1 omad Buxoromizga
+1   
19 mar 19:19:39
Shahboz
Sharhlovchiga futbolchilarni familiyalarini aytib yuboringlar
+1   
19 mar 19:11:20
Aнвар
Бухорога ҳурмат сақлаган ҳолда Динамога омад!
+1   
19 mar 18:23:18
TOMJIQ_OLOT
Олға бос "Бухоро"!
   
19 mar 20:10:01
Muslihiddin Fazliddinov
Oʻyinda Dinamo katta ustunlik qilib 3 ta gol qoʻyib yubordi vaziyatkardan foydalanishni oʻrgatib qoʻydi Homyakov Abramovga
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика