Nihoyat "Milan" va "Inter" "San-Siro" loyihasi bo'yicha hukumat bilan kelishib oldi
30 okt 2021 13:50
Yangiliklar
Nihoyat "Milan" va "Inter" "San-Siro" loyihasi bo'yicha hukumat bilan kelishib oldi
Yodingizda bo'lsa, bundan ikki yil avval Afsonaviy "San-Siro": paydo bo'lishi, xo'jayinlari va "Uzuklar hukmdori" haqidagi maqolani etiboringizga taqdim etgan edik. Oradan yillar o'tib, nihoyat Milan klublari o'rtasidagi muammolar hal bo'lmoqda...

"Milanda "San-Siro" stadionining yangi ko'rinishi qanday bo'lishini aniqlab olishdi", — deb elon qildi mer Beppe Sala. Uning aytishicha, hukumat vakillari "Inter" va "Milan" bilan arenaning qayta tamirlash ishlari bo'yicha kelishuvga erishgan. SHuningdek, shahar meri aniqlik kiritdiki: klublar mamuriyat tomonidan taqdim etilgan amaldagi texnik-iqtisodiy asoslardan hamda shaharsozlik rejasidan chetga chiqmaslikka va Sar-Siro tumanini sport va ko'ngilochar voqealar uchun mo'ljallangan yashil hudud sifatida rivojlantirishga rozi bo'lishgan.

Klublar ikki xil variantdagi loyihalarni taqdim etishgan — "CHerkov" va "Halqalar". Katta ehtimol bilan, aynan birinchi variant tanlanadi. Ammo u to'liqligicha loyihadagi kabi ko'rinishda bo'lmaydi. Ko'plab savdo markazlari va ofislar qurilmaydigan ko'rinadi... Biroq hozircha loyihadagi detallarning katta qismi nomalumligicha qolmoqda.

Qurilishi rejalashtirilgan obektlar zichligi dastlabki loyihada "Sport va o'yin-kulgu" kategoriyasi uchun belgilangan cheklovdan 28 punktga chiqib ketayotgandi — klublar 36 punktni hudud kategoriyasini o'zgartirib, "Ko'p funkciyali qurilish"ga "aylantirishni" ko'zlagandi. Aynan shu jihat muzokaralarda asosiy muammoga aylandi. SHuning uchun klublar ancha vaqtgacha "oyoq tirab turib olgandi" — investiciya hajmi (1,2 mlrd evro)dan kelib chiqib qurilishdagi obektlar zichligini oshirish zarur deb hisoblardi. Biroq yakunda taslim bo'lishdi va asta-sekin talablarini kamaytirib borishdi. Ish oxiri qurilishning hozirgi kategoriyasining yuqori chegarasida — 35 punktda to'xtashdi.


Arenaning tashqi ko'rinishi kim mezbon sifatida o'ynashiga qarab, rangini o'zgartiradi (derbida esa — kim rasmiy mezbon bo'lishiga qaraladi).

Biroq bu jarayon juda tez amalga oshishi va qayta tamirlash ishlari jadal suratda olib borilishi ancha qiyin masala. Beppe Sala Olimpiada-2026 ochilish marosimi eski "San-Siro"da bo'lishini talab qildi va qolganlar bunga rozi bo'lishdi.
Nozima Zaripova tarjimasi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar