Nigeriyada hakam golni aniqlash uchun VARga emas, barga murojaat qildi
14 mar 20:17
Yangiliklar
Nigeriyada hakam golni aniqlash uchun VARga emas, barga murojaat qildi
Nigeriya birinchi divizioni doirasidagi "Enimba" va "Doma Yunayted" uchrashuvida qiziq voqea ro'y berdi.
88-daqiqada mezbonlar vakili CHijioke Mbaoma gol urdi va mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Laynsmen esa ofsayd qayd etilganini malum qilib, bayrog'ini ko'tardi. Bosh hakam Nura Abdullohi esa shubha ostida qoldi.
VAR bo'lmagan o'yinda Abdullohi vaziyatni qayta ko'rish uchun Aha shahridagi "Enimba" stadioni tashqarisida bellashuvni translyaciya qilayotgan televidenie tomon yugurdi.
Vaziyatni ko'zdan kechirgan hakam maydonga qaytib, golni haqqoniy deb topdi. SHu tariqa, "Enimba" o'z maydonida 1:0 hisobida g'alaba qozondi.
Fikrlar