So’nggi yangiliklar

01:56АПЛ. "Челси" дербида "Вест Хэм"ни аямади  5 01:39Франция. ПСЖ яна кичик ҳисобда ғалабага эришди  0 01:29Бундеслига старт олди: мавсумнинг илк ўйинида "Бавария" "Лейпциг"ни янчиб ташлади, Кейндан хет-трик!  5 00:49Бошланғич таркибдаги Палмер нима сабабдан дербида қатнашмаяпти?  0 00:30ЖЧ-2026га қуръа қачон ва қаерда ташланиши маълум!  2 00:10Суперлига. "Андижон" – "Пахтакор" 2:6  0 00:02Акмал Рустамов: "Юзага келган вазиятлардан фойдаланганимизда 3-4та тўп фарқи билан ютишимиз мумкин эди"  3 23:46Илёс Зейтуллаев: "Бунёдкор" ПФЛ тақдим этаётган тақвимни ҳурмат қилади"  0 23:28Байиндирнинг хатосидан кейин МЮнинг режалари ўзгарди  4 22:59Абдурауф Бўриев: "Мураббийлар берган тактикани яхши бажардик"  4 22:30Ҳожимат Эркинов: "Андижонлик мухлисларга раҳмат, яхши атмосфера яратиб беришди"  6 22:08Максим Шацких: "Жамоамизда "Андижон" даражасига мос бўлмаган футболчилар бор"  55 21:58Суперлига. Қизил карточка кўрсатилган ва гол инобатга олинмаган ўйинда "Қизилқум" ва "Бунёдкор" муросага келди  23 21:47Камолиддин Тожиев: "Майдонда ўн киши қолиб ҳам ўзимизни кўрсата олдик"  11 21:03Суперлига. "Бобур Арена"да дарвозаларга 8 та гол урилган оқшомда "Пахтакор" "Андижон" устидан ғалаба қозонди  256

Neymar yoki Mbappening PSJdagi so'nggi o'yini bo'lishi mumkin bo'lgan tur o'yinlari boshlanmoqda (Prevyu) Yangiliklar

Neymar yoki Mbappening PSJdagi so'nggi o'yini bo'lishi mumkin bo'lgan tur o'yinlari boshlanmoqda (Prevyu)

Bugun Franciya chempionatining ikkinchi tur uchrashuvlariga start beriladi.

Ushbu turning ochib beruvchi o'yini yana "Lion" ishtirokida o'tkaziladi. Qayd etish kerak, 1-turni ham olimpik jamoasi "Monako"ga qarshi bahs bilan ochib bergandi. 

Franciya. "Monako"ning omadsiz starti, PSJ va "Lion"ning ishonchli o'yinlari haqidagi 1-tur sharhi 

O'sha uchrashuvda monegaskliklar o'z maydonida 0:3 hisobida mag'lubiyatga uchragan va chempionatni omadsizlik bilan boshlagandi. Bunga asosiy sabab "Lion"ning muvaffaqiyatli o'yini deb atash mumkin. SHunday ekan, bugun "Anje" klubi safarda ochko olishi uchun ancha ter to'kishi talab etiladi. Qayd etish kerak, "Lion" so'nggi 8 o'yinda 6 ta g'alaba, 1 durang va mag'lubiyat natija ko'rsatgan. 


Monako 0-3 Lion

Nim 2-3 Lion

Lion 4-0 Kan

Marsel 0-3 Lion

Lion 2-2 Lill

Bordo 2-3 Lion

Lion 2-1 Anje

Nant 2-1 Lion

 "Lill" hujumchisi Viktor Osimxen ilk turda2 ta gol urib, peshqadamlar ro'yhatida birinchi bo'lib turibdi.



1-turda kiritilgan chiroyli gollar >>>> VIDEO


Ertaga Liga 1ning 6 ta o'yini bo'lib o'tadi. Barcha uchrashuvlar Toshkent vaqti bilan 23:00da boshlanishini rejalashtirilgan.

17 avgust, shanba 

Nant - Marsel

Tuluza - Dijon

Metc - Monako

Nim - Nicca

Bordo - Monpele

Amen - Lill


18 avgust kuni 20:00da "Reym" va "Strasbur" jamoalari bellashadi, turning so'nggi o'yini Renn shahrida joylashgan "Roazon Park" stadionida bo'lib o'tadi. Unda "Renn" klubi Franciya chempionatining so'nggi yillardagi peshaqadam jamoasi PSJ qabul qiladi. 

Rennes

M'Baye Niang - 44', Romain Del Castillo - 48'

Ligue 1 . 2-tur

19/08/2019, 01:00

1
:
2
Tugadi

Paris Saint-Germain

Edinson Cavani - 36'

Stadion: Roazhon Park, 28596 tomoshabin

Bosh hakam: Antony Gautier

45'
90'
44'  M'Baye Niang
44'  Hamari Traore
48'  Romain Del Castillo
48'  Eduardo Camavinga
73'  Romain Del Castillo (Jordan Pefok)
77'  Benjamin Bourigeaud (James Lea Siliki)
79'  Faitout Maouassa (Sacha Boey)
85'  Jordan Pefok
36'  Edinson Cavani
43'  Julian Draxler
54'  Thomas Meunier
59'  Marco Verratti
64'  Angel Di Maria (Pablo Sarabia)
64'  Thomas Meunier (Colin Dagba)
67'  Juan Bernat
77'  Julian Draxler (Leandro Paredes)
88'  Edinson Cavani


Mazkur o'yin Toshkent vaqti bilan 00:00da start oladi. Ushbu bahsning yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, parijliklarning ikki asosiy yulduzi Neymar va Mbappe futbolchilardan bittasi PSJ tarkibida so'nggi o'yinini o'tkazishi mumkin. CHunki, so'nggi malumotlarga qaraganda, "Real" prezidenti shov-shuvli transferni amalga oshirish uchun bankdan katta miqdorda kredit olgan va katta ehtimol bilan ushbu pullar PSJ hisobiga ketadi. Boisi, so'nggi paytlarda "qirollik klubi" Neymarni sotib olish payida har qanday choralarni ko'rayotgandi. Ushbu transfer amalga oshmasa, Mbappe varianti ham bor. Voqealar rivojini birgalikda kuzatamiz. Hozir ikkala futbolchi ham "Renn"ga qarshi uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rishmoqda. 

Peres shov-shuvli transfer uchun bankdan katta miqdorda kredit oldi 


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика