So’nggi yangiliklar

00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  0 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  34 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  47 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  3

Neymar so'nggi 6 yilda ilk marotaba karnavalni o'tkazib yuboradi. U xatto singlisining tug'ilgan kuniga ham bormasa kerak Yangiliklar

Neymar so'nggi 6 yilda ilk marotaba karnavalni o'tkazib yuboradi. U xatto singlisining tug'ilgan kuniga ham bormasa kerak

Rio-de-Janeyroda ananaviy Braziliya karnavali start oldi.

Bu safar karnavalda Neymar ishtirok etmaydi. Bu sanalarda futbolchi diskvalifikaciya yoki jarohat olib Braziliyaga uchib ketishiga hamma o'rgani qolgan edi. Ammo bu safar hammasi boshqacha. Braziliyalik "Instagram"da efirga chiqib, PSJ muxlislarini tinchlantirdi: "Katta mamnuniyat bilan shuni aytmoqchimanki, bu yil Braziliyadagi karnavalni o'tkazib yuboraman. Bu safar munozaralar bo'lmaydi. Raxmat. Karnavalni yaxshi o'tkazing!".


Neymar g'azabda

Hammasi "Barselona"da boshlangan: 2015 va 2016 yillarda futbolchi diskvalifikaciya olib, vataniga uchib ketgan. Keyingi uch yilda jarohat oldi. Ammo bu safar emas.


Tez orada Parij klubi ikkita muhim bahs o'tkazadi - "Lion"ga qarshi Franciya Kubogi yarim finali va CHempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvida Dortmundning "Borussiya" klubiga qarshi bahs. Birinchi o'yinda nemis klubi (2:1) g'alabaga erishdi. Bu uchrashuvdan oldin Neymar sog'ligidagi muammolar tufayli 4ta o'yinni o'tkazib yubordi.

Bu vaqt ichida u Germaniyadagi modalar ko'rgazmasida ishtirok etdi. Franciya matbuotining yozishicha, PSJ rahbariyati braziliyalikning bu ishidan norozi bo'lgan ekan. "Borussiya"ga qarshi uchrashuvdan so'ng Neymar o'z klubini ochiqchasiga tanqid qildi: "To'rtta o'yinni o'tkazib yuborish qiyin. Afsuski, bu mening tanlovim emas. Klub hamda shifokorlar shunga qaror qilishdi va bu qaror menga yoqmadi. Ushbu mavzuda ko'plab bahs-munozaralar bo'ldi, chunki men maydonga tushishni istagandim. O'zimni yaxshi his qilayotgan edim, biroq klub qo'rqdi. Yakunda eng ko'p aziyat chekkan men bo'ldim. Klub qarorini hurmat qilaman, ammo futbolchi jabr-diyda bo'lishi noto'g'ri".


Bu yil Neymar singlisining tug'ilgan kuni "Borussiya"ga qarshi CHL javob o'yiniga to'g'ri keladi va braziliyalik uyiga keta olmaydi. Futbolchi singlisining tug'ilgan kunini xuddi Braziliya karnavali kabi 6 yildan beri o'tkazib yubormagan edi, balki g'azab shunga bog'liqdir.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика