Neymar Messi, Valdes va "Real" futbolchilari haqida gapirdi
20 iyu 2019 00:05
Yangiliklar
Neymar Messi, Valdes va "Real" futbolchilari haqida gapirdi
SHuningdek, u «Real» hujumchisi Vinisius Juniorni kelajakda «Oltin to'p»ga davogarlik qilishi mumkinligi haqida aytdi.
“Messi – men o'ynagan futbolchilar orasida eng yaxshisi. Men uchun u dunyoda tengsizi va men ko'rganlar ichida eng zo'ri. U bilan birgalikda harakat qilganimiz esa esda qolarli bo'lgan. Messi bilan o'ynash men uchun faxr va rohat olib kelardi. Bundan tashqari, u mening do'stim hamdir.
Serxio Ramos – men to'qnash kelgan futbolchilar orasida eng kuchlisi.
Viktor Valdes – men taniganlar ichida eng ajoyib darvozabon hisoblanadi.
Vinisius – juda yosh futbolchi. O'ylashimcha, ko'p o'tmay u ko'zga ko'ringan o'yinchi bo'lib etishadi. U eng yaxshilaridan biri bo'lib, «Oltin to'p» uchun kurashadi. U o'z o'ylagan maqsadiga etadi deb o'ylayman”, – deya qayd etgan parijliklar forvardi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди
ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум
Fikrlar