So’nggi yangiliklar

00:51Пеп Гвардиола: "Биз ҳали энг юқори даражамизда эмасмиз"  0 00:05Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" Шомуродовнинг голи эвазига ғалаба қозонди  17 23:55Ямалнинг соғлиғида яна муаммолар бошланди  5 23:35Эрон. "Истиқлол" ишончли ғалаба қайд этди  0 23:18Верратти Доннарумма ҳақида: "У ҳафа бўлганди"  1 22:50Асрор Алиқулов: "Шўртан"да ким ишламасин ёки клубимизга ким алоқадор бўлмасин ҳамма ғалабани кутаётганди"  0 22:45Суперлига. "Шўртан" – ОКМК 4:3  0 22:28Миржалол Қосимов: "Агар имкониятим бўлганида футболчилар миясига кириб иккинчи таймга нима хаёлда чиқишганини билган бўлардим"  4 22:10Гвардиола Родри ва Холанднинг ҳолати ҳақида маълумот берди  0 21:53Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалаба қозонди  0 21:31"Шўртан" 4 ой деганда ғалабага эришди  2 21:13Нидерландиялик мутахассис "Бунёдкор" футбол академиясига ташриф буюрди  1 20:51БАА. "Бани Яс" дуранг қайд этди, Шукуровдан ассист  2 20:29Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди  44 19:59"Реал" Хаби Алонсо хоҳишига биноан "Энфилд"да жамоавий машғулот ўтказмайди  20

Nevill: "Superliga – futbolni o'ldirishga bo'lgan urinish" Yangiliklar

Nevill: "Superliga – futbolni o'ldirishga bo'lgan urinish"

Angliyalik bu loyihaga qarshi.

"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Gari Nevill Evropa Superligasi tashkil etilishiga qarshi chiqdi.

"APL "katta oltiligi" qilishga harakat qilgan ish, Evropa Superligasi bilan bo'lgan voqea futbol tarixidagi hal qiluvchi lahzadir. Men buni jinoyat deb atadim. Bu nafaqat Angliya futbolini, balki futbolni o'ldirishga bo'lgan urinish edi. Ko'pgina Evropa ligalari uchun bu voqea halokatli tasir ko'rsatardi. Buni shunchaki unutib bo'lmaydi. Bunga haqqimiz yo'q.

Superligani tashkil qilishga uringanlarning ko'pchiligi hali ham klublarni boshqarishmoqda. Bu odamlar o'z niyatlaridan voz kechishmagan: "Barselona", "Real Madrid", "Yuventus" Superliga u yoki bu shaklda joriy etilishini aytishda davom etishmoqda. Va bilamizki, bu masala yana ko'tariladi. Bu odamlar o'z g'oyalarini amalga oshirishga yaqinlashib boraverishadi.

Men shunday deb o'ylayotgan yagona odam emasman. Ehtimol, hammadan ko'proq xavotirdadirman, lekin bu futbol tarixidagi eng muhim lahza ekanligiga ishonaman. Bizning futbol piramidamiz himoyaga muhtoj va uning ichidagi bazi odamlar keragidan ko'pini xohlashmoqda. Bu halol raqobatsiz liga yaratish demakdir. Futbolga ko'p narsa kerak, ammo uning ehtiyojlarini kimningdir g'arazli manfaatlari va ochko'zligi hisobiga qondirib bo'lmaydi", – dedi sobiq o'yinchi.

Avvalroq Nevill Holand "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishi mumkinligi haqida aytib o'tgan edi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика