"Liverpul" Jota oilasiga 2 yillik shartnoma bo'yicha maoshni to'lab berdi
26 sen 19:59
Yangiliklar


"Liverpul" Jota oilasiga 2 yillik shartnoma bo'yicha maoshni to'lab berdi
Klub marhum Diogu Jotaning oilasiga moliyaviy yordam ko'rsatib, marhum hujumchining klub bilan shartnomasida ko'rsatilgan summani to'liq to'ladi.
"Qizillar" bosh murabbiyi Arne Slot "TNT Sports" telekanaliga bergan intervyusida "Liverpul" Jota bitimidagi qolgan 2 yillik pulini uning oilasiga to'laganini tasdiqladi.
"Odatda klub egalari xuddi murabbiylar kabi tanqid qilinadi. Ammo ularning marhum futbolchi rafiqasi va bolalariga shartnomaning to'liq miqdorini to'lash orqali vaziyatni hal qilishlari maqtovga loyiqdir", – dedi Slot.
Jota bilan shartnomaning aniq summasi nomalum, ammo 28 yoshli futbolchi haftasiga 100 ming funt sterlingdan ko'proq maosh olgan.
Diogo Jota iyul oyida avtohalokatda fojiali tarzda halok bo'lgandi. Uning ortida rafiqasi va 3 farzandi qoldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar