So’nggi yangiliklar

23:15"Олтин тўп-2025". Ким қанча овоз тўплади?  0 22:54Максим Шацких: "Нима, ҳар бир ўйинда 5тадан гол уришимиз керакми? Бу "Барселона" эмас, "Андижон"  1 22:43Расман: "Манчестер Сити" Нико О'Райли билан шартномани узайтирди  0 22:19“Андижон” – ОКМК учрашувидаги баҳсли вазият бўйича изоҳ  6 22:09Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод" - "Ал Насср" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 21:58Миржалол Қосимов: "Мағлубиятга лойиқ ўйин кўрсатмадик"  1 21:37Мирко Йеличич: "Натижадан мамнунман, аммо ўйинимизни яхшилашимиз керак"  0 21:20Неъматулла Қуттибоев: "Ҳали ҳеч ким ҳеч нарса йўқотмади. Кураш сўнгги тургача давом этади"  0 20:59Суперлига. "Андижон" ўз майдонида ОКМКдан устун келди  47 20:15Ўзбекистон ва Қозоғистон ёшлар ҳамда ўсмирлар жамоалари ўртоқлик учрашуви ўтказади  1 19:59"Ливерпуль" Жота оиласига 2 йиллик шартнома бўйича маошни тўлаб берди  2 19:35"Арсенал" ва "Челси" Кенан учун рақобатлашади  4 19:10"Ал Ҳилол" юлдузи Қаршига келмайдими?  12 18:44"Рақиблар бироз кучлироқ эди, аммо бизда бошқа устунликлар бор". Сергей Чигодаев — Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг Европа турнеси ҳақида  5 18:23"Барселона" "Боруссия" тўпурарини харид қилмоқчи  6

Mirjalol Qosimov: "Mag'lubiyatga loyiq o'yin ko'rsatmadik" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Mag'lubiyatga loyiq o'yin ko'rsatmadik"

Superliganing 23-turi doirasida "Andijon" - OKMK bahsidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Avvalambor, muxlislarga minnatdorlik bildiraman. Chunki ajoyib atmosferada futbol guvohi bo'ldik. O'yinga keladigan bo'lsak, mag'lubiyatga loyiq o'yin ko'rsatmadik. Birinchi bo'limda o'tkazib yuborgan golimiz shubhali tuyulmoqda, ofsayd bormidi yo'qmidi, bu o'zlariga havola. "Andijon" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Ikkinchi bo'limda juda ko'p mehnat qildik, lekin "Andijon" jamoasi tartibli himoyalandi va ularning darvozasiga yo'l topa olmadik, raqib darvozaboni ham yaxshi o'yin namoyish qildi. Bir qancha vaziyatlarda, shuningdek, so'nggi daqiqalarda ham Xurshid vaziyatdan gol urishi mumkin edi. "Andijon" jamoasiga kelgusi o'yinlarda omad tilab qolaman.

- Bugun jamoangizga g'alaba uchun nimalar etishmadi deb o'ylaysiz?

- Yaratilgan vaziyatdan gol urish kerak. Birinchi bo'limda ham ikkinchi bo'limdagi kabi shijoat bilan o'ynash kerak edi. Raqib bunday yaxshi himoyalanib turgan vaqtda ko'p ham vaziyatlar bo'lmaydi. Lekin shunda ham biz yaxshi vaziyatlarga ega bo'ldik, biroq bundan foydalana olmadik.

- Ikkinchi bo'limda Asadbek Sobirjonov maydonga tushganidan keyin OKMK jamoasining hujumlari ko'paydi. Uni asosiy tarkibda tushirsa bo'lmasmidi?

- Agarda uni tushirsak ham lekin degan savol berilishi mumkin edi. Haqiqatdan ham u o'yinga yaxshi qo'shilib ketdi, biroq tortishuvli vaziyatda o'zini bunday tutishi kerak emasdi. Shundoq ham vaqt biz uchun ishlamayotgandi. Bunday holatda faqatgina futbol o'ynash kerak edi. 

Reyting: +2   

Fikrlar

+3   
26 sen 22:09:21
Saidjahon
ОКМК ни кейинги уйинларига омад тилайман.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика