"Barselona" "Borussiya" to'purarini xarid qilmoqchi
26 sen 18:23
Yangiliklar


"Barselona" "Borussiya" to'purarini xarid qilmoqchi
Ispaniyaning "Barselona" klubi hujumni kuchaytirishga harakat qilmoqda.
Nomzodlar orasida Dortmundning "Borussiya" jamoasi hujumchisi Seru Girassi ham bor.
Bu haqda "Bild" nashri xabar berdi.
Kataloniya klubi gvineyalik forvardni sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda va transfer uchun 100 million evro sarflashga tayyor.
Qayd etilishicha, klublar o'rtasida 2017 yilda yirik transfer amalga oshirilgan. O'shanda "Barselona" dortmundliklardan 2025 yilgi "Oltin to'p" egasi Usmon Dembeleni 148 million evro evaziga sotib olgandi.
Girasi "Borussiya"ga o'tgan yili "Shtutgart"dan taxminan 18 million evro evaziga kelib qo'shilgandi. U 2024/25 yilgi mavsum "Borussiya" safida 50 o'yin o'tkazib, 38 ta gol urgan va 9 ta golli pas uzatgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar