Nematulla Quttiboev: "Endi har bir o'yin biz uchun finalga teng"
20 okt 21:46
Yangiliklar
Nematulla Quttiboev: "Endi har bir o'yin biz uchun finalga teng"
Quttiboev: "Raqiblarni bugungi g'alaba bilan tabriklaymiz. Birinchi bo'lim teng o'yin bo'ldi, ikkinchi taymda "Olimpik Mobiuz" ikkita gol urdi, biz bitta gol bilan javob qildik. Yana vaziyatlar bo'ldi, ulardan foydalanishimiz kerak edi. Biroq bugun "Olimpik Mobiuz" yaxshiroq ko'rindi".
- "Olimpik Mobiuz" va "Aral" o'rtasidagi farq 2 ochko bo'lib qoldi. Navbatdagi bahslar ikkala jamoa uchun ham o'ta muhim bo'ladi. Bu uchrashuvlarga tayyorgarlik qanday bo'ladi?
- Har bir o'yin biz uchun finalga teng. Ikkita bahsda yutishimiz kerak. Bugun imkoniyatimiz pasayib ketdi.
- "Aral" gol urganidan so'ng ketma-ket vaziyatlarni ko'kka sovurdi. Alijonov bo'sh darvozani ishg'ol qila olmadi, Qutiboev Ismoilovga pas bergand, u to'pga eta olmadi, Qutiboevning o'zida ham imkoniyat bo'ldi. Jamoaga o'sha vaziyatlarda nima etishmadi?
- Bu haqida kiyinish xonasida ham yigitlarga aytdim. Salamatning o'zi urishi kerak edi. U tajribali, qo'rqmasdan vaziyatni yakunlasa bo'lardi. Bunday bahslarda birinchi bo'lib gol urish kerak, aks xolda qiyin bo'lishi aniq.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Арда Гюлер: "Алонсо дарвозада турасан деса, қўлқоп сотиб оламан"
АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Энфилд"да "Ливерпуль"ни мағлуб этди, Магуайр яна қаҳрамон!
Суперлига. "Нефтчи" пенальтидан урилган гол эвазига ОКМКдан устун келди
Ла Лига. Араухонинг сўнгги дақиқалардаги голи "Барселона"га "Жирона" устидан ғалаба тақдим этди. Флик четлатилди
Fikrlar