So’nggi yangiliklar

15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  2 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  3 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  0 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  62 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  5 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  3 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  10 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали сондан иборат жаримага тортилди  3 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  14 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  2 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8

Nematulla Qutiboev: “Bugun biz raqibga jismonan yutqazdik” Yangiliklar

Nematulla Qutiboev: “Bugun biz raqibga jismonan yutqazdik”

Birinchi liganing ikkinchi bosqich, 1-turidan o'rin olgan “UzDongJu” – “Orol” (1:0) uchrashuvini kecha bevosita stadionda kuzatib bordik.

Uchrashuvdan so'ng odatdagidek, har ikki jamoa ustozlarining fikrlari bilan qiziqdik. Garchi uchrashuvdan so'ng ortga qaytishga taraddud ko'rayotgan bo'lsada, nukusliklar bosh murabbiyi rayimizni qaytarmadi.

- Bilasizmi bugun biz raqibga jismonan yutqazdik. Nukusdan engil moshinada etib keldik. Yana ayrim futbolchilarimiz bugunning o'zida to'g'ri Andijonga etib keldi. O'zim ham Toshkentda PFLda ayrim futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazib, keldim. Yo'l azobi anchagina qiynab qo'yadi. “UzDongJu” yaxshi jamoa. Nazarimda o'tgan yili nisbatan yaxshi jamoa tuzilgandi.

- Davralar oralig'ida har bir jamoa tarkibida o'zgarish bo'ladi. Ammo so'nggi yillarda “Orol”ni asosan bir xil tarkib bilan o'ynab kelayotganini ko'ryapmiz...

- (Jilmayib) Hammasi moliyaviy imkoniyatga bog'liq. Men istardim, chetdan kuchli futbolchilarni jamoamga olib kelishni. Lekin bunga ayrim sabablar to'sqinlik qiladi. Buni keng tarzda muhokama qilish mumkin. Aytishdan ham naf yo'q – deydi Nematulla Qutiboev.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика