So’nggi yangiliklar

14:43"Челси" ҳужумчиси фаолиятини "Астон Вилла"да давом эттириши мумкин  0 14:14"Ливерпуль" ҳимоячиси жамоани тарк этиши мумкин  2 13:42"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 13:13Натижа ортидаги оғриқлар. ЎФА 2009 йиллар борасида қарор қабул қиладиган вақт келмадими?  6 12:57"Интер" ўз футболчисини "Челси"га қўйиб юбормади  0 12:25Рабьо ва Роу кийиниш хонасидаги жанжал туфайли "Марсель" машғулотларидан четлаштирилди  1 11:56Варди рафиқаси орзу қилган трансферни амалга ошириши мумкин  1 11:27Эдерсоннинг "Галатасарой"га трансфери: "Манчестер Сити"нинг янги талаблари маълум  0 10:50"Наполи" Лукакунинг жароҳати сабабли АПЛдан ҳужумчи олиб келмоқчи  1 10:21Скалони сентябрдаги ўйинлар учун кимларни терма жамоага чақирди  0 09:44"Наполи" етакчиларидан бирининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  0 08:42"Барселона" жиддий қизиққан яна бир футболчи амалдаги жамоаси билан янги шартнома имзолади  1 08:11"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттириши мумкин  1 07:40Пролига. Бугун марказий учрашув бўлиб ўтади  2 07:15Суперлига. "Хоразм" — "Қизилқум" 0:1  0

“Neftchi” “Yozyovon-Lochinlari”ni mag'lub etdi Yangiliklar

“Neftchi” “Yozyovon-Lochinlari”ni mag'lub etdi

15 iyul kuni “Neftchi” Qirguli yig'inidagi so'nggi nazorat bahsini o'tkazdi.

Ushbu uchrashuv Farg'ona viloyatining yana bir jamoasi “Yozyovon-Lochinlari”ga qarshi o'tkazildi. Bellashuvda Vadim Abramov jamoasi 4:2 hisobida zafar quchdi.

Aytish kerakki, gollarga boy o'yin garchi o'rtoqlik maqomiga ega bo'lsada, uchrashuvni kuzatish uchun ko'plab muxlislar stadionga tashrif buyurishdi. Umuman olganda, “Norin” bilan bo'lib o'tgan oxirgi o'yinga nisbatan tomoshabinlar soni ko'proq bo'ldi.

O'yin g'oyat qiziqarli kurashlarga boy o'tdi. Vadim Karlenovich o'z annasiga sodiq qolgan holda ikki xil tarkibni bir bo'limdan maydonga tushirdi. Uchrashuv tezkor gollar bilan boshlandi. Dastlab Mo'ydin Mamazulumov hisobni ochgan bo'lsa, ko'p o'tmay Baxtiyor Yoqubov hisobni yana bittaga oshirdi. Uchinchi to'p xuddi “Norin” bilan uchrashuvda bo'lgani singari avtogol sifatida kiritildi.

Ikkinchi bo'limda mehmonlar ketma-ket javob gollarini kiritishdi. Umuman olganda, taym bezagiga aylangan gollar o'yinni yanada kulminacion nuqtasiga aylandi. Yozyovonliklar ikkinchi bo'limda gol kiritish uchun ko'plab qulay imkoniyatlarga ega bo'lishdi va ularning ikkitasini samarali yakunlashdi. 3:2

O'tkazib yuborilgan to'plar va o'yin suratidan qoniqmagan “Neftchi” katta kuch bilan hujumga o'tdi. Markazda harakatlangan Javohir Rasulov, Muzaffar Muzaffarov, Karen Abramov hamda Abror Ismoilovlar o'zlaring faolliklari bilan bahs tizgini o'z qo'llariga olishdi. Qanotlardan Temur Hakimov hamda Abdurahmon Abdulhaqovlar ham xavfli reydlarga amalga oshirishdi. SHuningdek tandem sifatida harakatlangan hujumchilar Alisher SHog'ulomov va Otabek Haydarov juftligi ham shu kuni ko'p imkoniyatlarga ega bo'lgan bo'lsada, bu safar gol urish ularga nasib qilmadi. Hisob 3:2 ko'rinishida davom etayotgan bir pallada ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushgan Temur Hakimov “Neftchi”ning to'rtinchi golini kiritdi va masalaga mantiqiy nuqta qo'ydi. Yakuniy hisob 4:2, “Neftchi” nazorat bahsida g'alabaga erishdi.

“Neftchi” matbuot xizmati






Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика