So’nggi yangiliklar

19:03Хаби Алонсо Винисиус хулқ-атвори учун жазоланадими ёки йўқлиги ҳақида маълум қилди  2 18:36Расман: "Барселона" "Камп Ноу"га қайтмоқда  2 18:15"Реал"да ойнинг энг яхши футболчиси аниқланди  2 17:48Мундиалга саноқли кунлар қолди: Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг гуруҳдошлари таркиби аниқ!  4 17:40Суперлига. "Шўртан" – ОКМК (матнли трансляция)  4 17:15Суперлига 27-турининг қолган учрашувлари 1 дақиқалик сукут билан бошланади  24 16:59"Динамо" "Хоразм" устидан ишончли ғалабага эришган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 16:35Парагвай U-17 мураббийи: "Мундиални Ўзбекистонга қарши ўйин билан бошлаймиз. Бу мамлакатнинг қандай ютуқларга эришаётганидан хабардормиз"  6 16:08"Маракана" стадиони сотувга қўйилди  10 15:41"Нефтчи" қарзларини тўлади  7 15:15"Насаф" "Навбаҳор" билан дуранг ўйнаб, чемпионлик курашида қоқилган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 14:55"Насаф" мухлислари автоҳалокатга учради  26 14:34Винисиус Жуниорга асосий даъвогар маълум  3 13:47"Барселона" учун яхши янгилик. Жамоанинг асосий дарвозабони қайтишга яқин  3 13:16Скоулз ўғлини ўйлаб телевидениедан кетди  1

"Neftchi" xalqaro o'rtoqlik uchrashuvida Qirg'iziston klubi bilan durang o'ynadi Yangiliklar

"Neftchi" xalqaro o'rtoqlik uchrashuvida Qirg'iziston klubi bilan durang o'ynadi

Teglar :  NeftchiKaganat
Bugun Quvasoy shahridagi "Cementchi" o'yingohida Farg'onaning "Neftchi" va Qirg'iz Respublikasining "Kaganat" klublari o'rtasida xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning birinchi bo'limida dastlab SHahzodbek Ubaydullaev hisobni ochib farg'onaliklarni oldinga olib chiqqan bo'lsa, birinchi bo'lim so'ngiga kelib mehmonlar hisobni tenglashtirishdi. Gol muallifi birinchi bo'limning o'zidayoq zaxiradan o'yinga qo'shilgan Nurlan Rispaev bo'ldi.

Bellashuvning ikkinchi bo'limi ham farg'onaliklarning ustunligi ostida boshlandi. Bo'lim o'rtalariga kelib ketma-ket hujumlar samara bermagach, "Neftchi" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko maydonga Lutfulla To'raev, Mirzohid G'ofurov va Umar Adhamzodalarni maydonga tushirdi. SHundan so'ng mezbonlar tomonidan tashkil etilgan yanada xavfli tus ola boshladi. Biroq, uchrashuv so'ngiga qadar darvozalarga boshqa to'p kiritilmadi.

Takidlash joiz, Qirg'iziston klubi uchrashuv davomida tartibli himoyalandi. SHuningdek, jamoa qarshi hujumlarda ham bir necha bor xavfli vaziyatlarni yarata oldi.


Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi.

Quvasoy. "Cementchi" o'yingohi.

"Neftchi" (Farg'ona, O'zbekiston) - "Kaganat" (O'sh, Qirg'iz Respublikasi) 1:1

Gollar: SHahzodbek Ubaydullaev (1:0), Nurlan Rispaev (1:1)

"Neftchi": Evgeniy Konyuxov, Darko Stanoevich, Muhsinbek Ubaydullaev, Nodirxon Nematxonov, Abbosbek G'ulomov, Doniyor Valiev, Sirojiddin Qo'ziev, Abdulloh Olimov, Doniyor Madaminov, Sunnatillo Abdullajonov, SHaxzodbek Ubaydullaev. 

Zaxira: Mashhurbek Muxammadjonov, Andrey Mishenko, Oleksey Larin, Mirzohid G'ofurov, Umar Adhamzoda, Lutfulla To'raev, Faxriddin Muhammadov, Fozil Musaev.

"Kaganat": Ruslanbek Amirov, Zahiriddin Abdulajonov, Nursulton To'ktanaliev, Hasan Yuldashev, Vadim Loginov, Bektur Kachkanbaev, Dastanbek Toktasunov, Begzadbek Nasirov, Amantur SHomirzaev, Saidjamol Davlatjonov, SHohruxbek  Murodov.

Zaxira: Nurlan Rispaev, SHamsanbek Baqit o'g'li, Isabek Jo'raev, Anton Fedyunin, Erik Petrosyan

Bekzod Tolibov tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика