So’nggi yangiliklar

11:39Эксперт фикри. Иброҳим Отахонов: "Андижон"га нафақат бугун балки кейинги ўйинда ҳам осон бўлмайди"  0 11:10"Қалдирғочлар" қаршисида "чақилмас ёнғоқ": "Қизилқум" – "Бунёдкор" учрашувини кўриш учун 7 та сабаб  1 10:50"Манчестер Юнайтед"га 21 ёшли футболчи керак  1 10:25Родригонинг вакиллари Англияда  4 10:1025 август куни ЎФФ раҳбарияти иштирокида брифинг бўлиб ўтади  0 09:52Луис Энрике: "Танқидларни тўғри тушунаман"  0 09:37Суперлига. Бугунги учрашувларни кимлар шархлайди?  12 09:24Кунде: "Рекордни янгиламоқчиман"  0 08:57"Ювентус" Артурни ижарага беради  1 08:27Sofascore. Кечаги учрашувда Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳога лойиқ кўрилди?  11 08:00Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Крайова" 1:2  5 07:56Суперлига. Бугун бизни яна иккита учрашув кутиб турибди  12 07:35Суперлига. "Нефтчи" йирик ҳисобда ғалаба қозонди, "Бухоро" – "Қўқон-1912" баҳсида эса ўйин тақдирини битта гол ҳал қилди  1 07:30Расман. "Ювентус" футболчиси АПЛга кўчиб ўтди  0 01:52Конференциялар лигаси саралаши. "Кристал Пэлас" илк ўйинда ўз майдонида кичик ғалаба қайд этди  1

"Neftchi" ustozi: "Bugungi o'yin jamoamizdagi yosh futbolchilar uchun katta tajriba maktabi bo'ldi" Yangiliklar

"Neftchi" ustozi: "Bugungi o'yin jamoamizdagi yosh futbolchilar uchun katta tajriba maktabi bo'ldi"

O'zbekiston Kubogining 1/8 finalidan o'rin olgan Navbahor hamda Neftchi klublari o'rtasidagi o'yindan (3:1) keyin o'tkazilgan matbuot anjumani o'tkazildi.

Uning birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Abdusamad Do'rmonov ishtirok etdi.

“Bugungi o'yin jamoamizdagi yosh futbolchilar uchun katta tajriba maktabi bo'ldi, tom manoda "Navbahor" futbolchilari bugun mahorat bo'yicha ustun kelishdi. Birinchi bo'limning dastlabki daqiqalarida futbolchilarimiz kuchli raqibga munosib qarshilik ko'rsatishdi. CHamasi 30-daqiqalargacha yaxshi o'yin tashkil etayotgan edik, ammo o'tkazib yuborilgan gol jamoamiz azolarini ruhan sindirib qo'ydi.

Ikkinchi bo'limda shogirdlarim ko'rsatgan o'yindan qoniqish hosil qildim. Albatta "Navbahor"ga qarshi ochiq futbol namoyish etish qiyin, shundan kelib chiqib qarshi hujumlarga tayanib o'ynadik. Jamoamiz azolari asosan yoshlardan iborat, shundan kelib chiqadigan bo'lsak, bugun ularga ko'plab vaziyatlarda tajriba etishmadi. Biz bugun mavjud imkoniyatimizdan kelib chiqib o'yin tashkil etdik. SHuni unutmaslik kerak, "Neftchi" PRO-Ligada o'ynaydi. Bu futbol, unda g'alaba va mag'lubiyat yonma-yon yuradi.

Ha bugun futbolchilarimizda o'yin davomida hayajon kuzatildi. Islombek Karimov bazi vaziyatlarda o'yinni o'ziga oldi, bazi vaziyatlarda esa o'yini chiqmadi. "Neftchi"ning ayrim asosiy tarkib futbolchilari OTMlarga kirish uchun imtixon jarayonida ishtirok etganliklari tufayli o'yinoldi mashg'ulotlarimizda ishtirok eta olishmadi. Balki shuning uchundir o'yin davomida jamoamiz azolarida charchoq alomatlari sezildi.

Farrux Turdalievni nega tushirmadim? Bizda kim tayyor bo'lsa, o'sha o'ynaydi. Rayimjonov bo'lsin, Turdaliev bo'lsin, jismoniy holatidan kelib chiqib, asosiy tarkibga kiritiladi" - deydi Abdusamad Do'rmonov.

Bekzod Tolibov yozib oldi


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика