"Neftchi" Turkiyaga yo'l oldi
06 jan 2023 09:20
Yangiliklar
Yangi mavsumga puxta hozirlik ko'rayotgan "Neftchi" futbol klubi azolari bugun ertalab Toshkent-Stambul avia qatnovi orqali tayyorgarlikning ikkinchi bosqich jarayonida ishtirok etish uchun Turkiyaning Antalya shahriga jo'nab ketishdi.
Safarda bo'lib o'tadigan ikkinchi bosqich jarayonida qatnashish uchun Vitaliy Levchenko qo'l ostidagi murabbiylar shtabi quyidagi futbolchilarni jalb etdi:
Akbar To'raev, SHuhratillo Rahmonov, Abdulloh Olimov, Muhsin Ubaydullaev, Sunnatilla Abdullajonov, Lutfulla To'raev, Doniyor Valiev, Fahriddin Muhammadov, Fozil Musaev, Umar Adhamzoda, Ulug'bek Hoshimov, Mirzohid G'ofurov, Anvar G'ofurov, Nodirxon Nematxonov, Oleksey Larin, Andrey Mishenko, Nurillo To'xtasinov, Abbos G'ulomov, Diyor Turopov, Zoir Jo'raboev, Toma Tabatadze.
Malumot o'rnida, Turkiyadagi yig'inlar doirasida ko'rikdan o'tish uchun mashg'ulotlarga yangi futbolchilarni taklif etish ko'zda tutilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar