So’nggi yangiliklar

08:50Sofascore. Кеча гол урган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 08:22"Андижон" Украина терма жамоаси собиқ футболчиси билан шартнома тузди  0 07:56Гвардиола Ҳусановни жароҳат олганини тасдиқлади  2 07:10Эксперт фикри. Камолиддин Мурзоев: "Навбаҳор"нинг натижаси аянчли, лекин кимнидир ерга уриш ёки кўтариш ноўрин"  1 01:56Ла Лига. "Барселона" "Хетафе"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Торрес дубл қайд этди  9 01:53А Серия. "Рома", "Аталанта" ва "Интер"да ғалаба  0 01:29Эрон Про лигаси. "Трактор" меҳмонда "Сепахон"ни мағлуб этди, Ҳамробеков захирадан тушди  2 00:20"Андижон" ўз майдонида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади. "Насаф" эса сўнгги дақиқаларда "Қизилқум" устидан ғалаба қозонди  1 00:10АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Сити" 1:1  1 00:05COPE: Бускетс МЛС мавсуми сўнггида фаолиятини якунлайди  0 23:30Акмал Рустамов: "Ҳакам қоида бузилишини атайин кутди"  26 23:03Максим Шацких: "Биринчи таймда шунча вазият яратиб, гол ура олмасликни қандай изоҳлаш мумкин, билмадим"  9 22:48Рўзиқул Бердиев: "Бизга бугун уч очко жуда зарур эди"  21 22:34АПЛ. "Арсенал" "Манчестер Сити" билан ўйиннинг сўнгги дақиқаларида мағлубиятдан қутулиб қолди, Ҳусанов жароҳат сабаб бир тайм ўйнади  59 22:14Иван Бошкович: "Рубин Хебайда жароҳат бор"  1

"Neftchi" rahbari jamoa muxlislari bilan uchrashuv tashkil etdi...mi? Yangiliklar

"Neftchi" rahbari jamoa muxlislari bilan uchrashuv tashkil etdi...mi?

Teglar :  Neftchi
Kuni kecha Farg'ona viloyati futbol associaciyasining telegramdagi sahifasida "Neftchi" futbol klubi rahbari Zohid G'ofurov ishtirokida jamoa muxlislari bilan uchrashuv tashkil etilganligi xususida xabar chiqdi. Quyida mazkur xabarni tahrirsiz xolda aslicha keltirib o'tamiz.

"Bugun 21 dekabr kuni Farg'ona viloyati futbol associaciyasiga qarashli Futbol markazi majlislar zalida Neftchi jamoasi muxlislari bilan yig'ilish bo'lib o'tdi. Yig'ilishda Farg'ona futbol associaciyasi birinchi vice prezidenti Nosirbek Otaqo'ziev, Neftchi jamoasi rahbari Zoxid G'ofurovlar ishtirok etishdi. Muxlislar tomonidan berilgan sovollarga javob berishdi. Asosiy masala PRO LIGA yakuniy o'yin Neftchi -Turon uchrashuvi bo'yicha o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi" - deb yoziladi xabarda.

Avvalo qimmatli vaqtlarini ayamasdan futbol muxlislari bilan uchrashuv tashkil etganliklari uchun Farg'ona viloyati futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Nosir Otaqo'ziev hamda "Neftchi" klubi rahbari Zohid G'ofurovlarga o'z minnatdorchiligimizni bildirib o'tamiz. CHindan ham futbol muxlislari bilan o'zaro muloqotni amalga oshirish, ularda tug'ilgan savollarga rasmiylarni javob berishi barchani birdek xursand qilmasdan qolmasligi tabiiy.

SHu o'rinda bizda va futbol muxlislarida haqli savol tug'iladi. Viloyat futbol associaciyasi vice-prezidenti va "Neftchi" futbol klubi rahbari muxlislar bilan uchrashuv tashkil etayotganligi haqida associaciya yoki klubning rasmiy sahifalarida hech qanday malumot chiqmagan? Nega uchrashuvga bironta ham OAV vakili taklif etilmagan? Viloyat futbol associaciyasi tomonidan uchrashuv bo'lib o'tganligi haqida berilgan malumotga nazar tashlasak, u erda futbol muxlislari o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olganligi haqida so'z boradi. Lekin ular tomonidan klub rahbariga aynan qanday savollar berilganligi ochiqlanmagan. Agar mazkur uchrashuvga OAV vakillari taklif etilganida edi, ko'pchilik bu haqida to'liqroq malumot olish imkoniga ega bo'lardi.



Tan olish kerak, jamoaning aksariyat muxlislari "Neftchi" rahbari muxlislar bilan uchrashuv tashkillanganini viloyat futbol associaciyasining telegramdagi rasmiy sahifasida chiqqan malumotdan so'ng xabar topishdi. Balki aynan shu maqolamiz orqali bu haqida eshitib turgan bo'lishlari ham mumkin.

Biz futbol muxlislari bilan mazkur uchrashuvni tashkil etilganligi uchun mutasaddi rahbarlarga yana bir bor minnatdorchilik bildiramiz. O'z navbatida aytib o'tish joiz, kelgusida tashkil etiladigan shu kabi uchrashuvlarga OAV vakillari ham taklif etilishi xayrli ishning jozibasini yanada oshirilishiga xizmat qiladi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика