So’nggi yangiliklar

21:32Бундеслига. "Бавария" тўққиз киши бўлиб "Байер" билан дуранг ўйнади, "Боруссия Дортмунд" эса ишончли ғалабага эришди  1 21:20"Арсенал" ва "Челси" иштирокидаги ўйинлар учун таркиблар маълум  0 21:04"Галатасарой" — "Истанбул Башакшехир". Таркиблар маълум  8 20:40Райан Шерки: "Дунёнинг энг яхши футболчиси бўлишни истайман. Агар "Олтин тўп"ни қўлга киритсам..."  0 20:05Ислом Исмоилов: "Финалда тактикадан кўра футболчиларнинг характери юқори планга чиқади" (тўлиқ матбуот анжумани)  15 19:45ОПЛ. "Сабаҳ" бу сафар рақибига жавобсиз 5 та гол урди  0 19:10Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)  31 18:50ЎзФҲМ йиғилиши: икки ўйинда қизил карточка кўрсатилиши керак эди  12 18:27"Аркадағ" кетма-кет иккинчи йил Туркманистон кубоги соҳибига айланди  14 18:15Дунёдаги энг йирик кўча футболи чемпионати яна Ўзбекистонда  1 18:00"Металлург" назорат баҳсида "Гулистон"ни мағлуб этди  2 17:45"Барса" Гави тиззасидан олган жароҳатидан сўнг сафга қайтганини эълон қилди. Хавбек август ойидан бери ўйнамади  10 17:05Ўзбекистон Суперкубоги: дебютант “Нефтчи” саккизинчи жамоа, рекорд “Пахтакор”да  7 16:49"Футбол олами". 3-турдаёқ илк истеъфо  0 16:29Аёллар ўртасидаги Осиё кубоги. Ўзбекистон чорак финалда Жанубий Кореяга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  14

"Neftchi" qoidabuzarlik evaziga gol urdi, "Dinamo" foydasiga esa penalti belgilanmadi. Superliganing 29-turida hakamlik tahlili Yangiliklar

"Neftchi" qoidabuzarlik evaziga gol urdi, "Dinamo" foydasiga esa penalti belgilanmadi. Superliganing 29-turida hakamlik tahlili

Championat.asia saytining hakamlik bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" Telegram kanali) o'z hakamlar jamoasi bilan birgalikda Superliganing 29-tur o'yinlaridagi bahsli holatlarni tahlil qildi.

"Surxon" - OKMK

"Surxon" o'yinchisi to'pni o'zidan uzoqlatshtirib yubordi, so'ngra oqibatini o'ylamay raqibi bilan yakkakurashga kirishdi. U raqibining to'pig'iga qo'pol tarzda urildi, bu ehtiyotsiz fol hisoblanadi. To'g'ri qaror – sariq kartochka ko'rsatish.

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH


"Paxtakor" - "Nasaf"

"Paxtakor" o'yinchisi to'pni oldinga tashlab, "elkama-elka" engil teginishni his qildi va o'z ixtiyori bilan maydonga yiqildi. Bu holatda tezlik yo'q edi, oyoqlarda ham hech qanday to'qnashuv ko'rinmadi. Hakam penalti belgilashda xatoga yo'l qo'ydi. Ammo VAR to'g'ri aralashib, hakamni videotakrorni ko'rishga chaqirdi. Shundan so'ng hakam o'zining dastlabki qarorini o'zgartirdi.

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH


"Paxtakor" - "Nasaf"

Hakam epizodni to'g'ri baholab, golni inobatga oldi. "Paxtakor" hujumchisi qo'llarini oldinga cho'zgan bo'lsa-da, bunda yaqqol turtish harakatini amalga oshirmadi. Bu mutlaqo oddiy o'yin paytidagi to'qnashuv (kontakt) edi.

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH


"Andijon" - "Xorazm"

Berilgan rakurslardan kelib chiqib, hakam yordamchisining xato qilganini tasdiqlab bo'lmaydi. To'p uzatilgan paytda "Andijon" o'yinchisi "Xorazm" himoyachisi bilan bir chiziqda turgan bo'lishi ehtimoli bor. To'g'ri qaror – golni inobatga olish.

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH


"Andijon" - "Xorazm"

Fikrimizcha, hakam epizodlar tizimini to'g'ri baholadi va faqat bitta sariq kartochkani "Xorazm" jamoasi o'yinchisiga istiqbolli hujumni to'xtatgani uchun ko'rsatdi. To'g'ri, u "oxirgi" himoyachi edi, biroq darvozagacha bo'lgan masofa ancha uzoq bo'lgani sababli, bu epizodni "gol urish uchun yaqqol imkoniyatdan mahrum qilish" deya baholab bo'lmaydi. Ikki o'yinchi o'rtasidagi to'qnashuv haqida aytadigan bo'lsak: unda sportga xos bo'lmagan xatti-harakatlarning alohida belgilari yo'q, shu bois bizningcha, og'zaki ogohlantirish berilgani etarli.

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH


"Neftchi" - "Qizilqum"

"Neftchi" o'yinchisi to'pni qabul qilayotganda, shubhasiz qo'li bilan o'ynab gol urdi. To'g'ri qaror – himoyalanayotgan jamoa foydasiga erkin zarba berilishi kerak. VAR bunday holatlarga albatta aralashishi shart.

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH


"So'g'diyona" - "Bunyodkor"

Bizning fikrimizcha, hakam to'g'ri qaror qabul qilib, "So'g'diyona" foydasiga penalti belgilamadi. Mavjud takrorlardan ko'rinishicha, oyoqlarda teginish holati kuzatilmaydi. Hatto ozgina tegish bo'lgan taqdirda ham, bu yiqilishga sabab bo'lmagan. To'g'ri qaror – himoyalanayotgan jamoa foydasiga erkin zarba belgilash va "So'g'diyona" o'yinchisiga simulyaciya uchun sariq kartochka ko'rsatish. VAR esa vaziyatga noto'g'ri aralashdi.

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH


 "So'g'diyona" - "Bunyodkor"

"Bunyodkor" o'yinchisi to'pga o'ynagan. Hakam o'yinni davom ettirishga qaror qilib, to'g'ri yo'l tutdi. Gol qoidalarga muvofiq urildi.

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH


"Dinamo" - "Qo'qon-1912"

"Dinamo" o'yinchisi to'pga intilgan. "Qo'qon-1912" himoyachisi esa, o'z navbatida, to'pga tegmasdan raqibining oyog'iga zarba bergan. Fikrimizcha, to'g'ri qaror – penalti belgilash. Hakam xatoga yo'l qo'ydi.

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH


Shu tariqa, Superliganing 29-tur o'yinlarida hakamlar uchta xatoga yo'l qo'ydi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика