So’nggi yangiliklar

00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  0 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  19 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  3

"Neftchi": Omad va g'alaba hamisha senga yor bo'lsin "Neftchi"!!! Yangiliklar

"Neftchi": Omad va g'alaba hamisha senga yor bo'lsin "Neftchi"!!!

Oliy liganing 19-turida Farg'onaning "Neftchi" jamoasi o'z maydonida "Metallurg" jamoasini qabul qiladi.

Murabbiylarning takidlashicha, futbolda, boshya o'yin turlari  singari, omad tushunchasi,  juda ham muhim ekan. Bunga misol qilib, so'nggi turlardagi farg'onaliklarning alamli mag'lubiyatlarini misol qilib keltirishimiz mumkin. ”Lokomotiv” va ”Navbahor” bilan bo'lgan uchrashuvlarda “Neftchi” yomon o'ynagani yo'q, lekin futbol o'yinining mohiyati, nafaqat chiroyli o'ynash, balki gol urishdan iboratdir.  Albatda, “Neftchi” muhlislarini sabri etarli, lekin ikkinchi davraning uch turida uchta mag'lubiyat, juda ham alamli. To'g'ri, birinchi davrada ko'p uchrashuvlarda omad biz tomonda bo'ldi, endi esa aksincha bo'lmoqda. Demak, “omad kuchlilarga keladi”, degan iboraga tayanib, har bir o'yinda na faqat chiroyli o'yin ko'rsatish, balki  kuchli ekanimizni isbot qilishimiz kerak. Ahir aynan shu yigitlardan iborat jamoamiz Bekobodda 10ta o'yinchi bilan irodali g'alaba qozongan ediku.  

Bazi bir “muhlislar” va mutahassislar “Neftchi”ning ketma – ket  “Paxtakor” va “Nasaf”dan uchragan alamli mag'lubiyatlaridan so'ng, Farg'onaliklarni peshqadamlar hisobidan chiqarib qo'yishgan edi. Xaqiqat o'z o'rnini topib, chempionatning birinchi davrasini  Farg'onaliklar o'zlariga mos bo'lgan peshqadamlar safida tugatdi. Mana endi yana shunday holat takrorlanib turibdi.  22 avgust kuni  “Istiqlol”  stadionida  bo'lib o'tadigan “Metallurg” bilan uchrashuvni  farg'onaliklar yuqori saviyada o'tkazishiga barcha muhlis va mutaxassilar ishonishmoqda.  Omad va g'alaba hamisha senga yor bo'lsin “NEFTCHI”!!!

  Endi “Neftchi” – “Metallurg”  jamoalarining o'zaro uchrashuvlari xaqidagi malumatlarni ko'rib chiqaylik.

 Jamoalar   O'   YU   D   M   T/F   O

NEFTCHI   35  21  8  6  69–34 = +35  71   

METALLURG  35  6   8  21   34–69 = - 35  29 

  Farg'onaliklar O'zbekiston chempionatida o'z maydonlarida “Metallurg” bilan  17 bor uchrashib, 15 bor g'olib bo'lgan. “Neftchi”ning Bekobodliklar ustidan qozonilgan  eng yirik g'alabasi  – 7:1 hisobidir.

Farg'onada bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv  natijalari:

20.09.2014.“Neftchi”– “Metallurg” = 2:1.

09.03.2013. “Neftchi” – “Metallurg” = 0:1.

09.08.2012. “Neftchi” – “Metallurg” = 4:0.

12.03.2011. “Neftchi” – “Metallurg” = 3:1.

22.05.2010. “Neftchi” – “Metallurg” = 3:3.

22 avgust, 2015. 18:30.  Farg'ona shahri.

“Istiqlol” stadioni.

NEFTCHI (Farg'ona) – METALLURG (Bekobod) .

Bosh hakam: A. Asimov (Toshkent)

Assistentlar: H. SHodmonov (Buxoro),  R.No'monov (Toshkent),

Zahiradagi hakam: A. Rahimov (Andijon)

Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).).

O'zPFL vakili:  N. Lutfulin

Tahminiy tarkib.

"NEFTCHI": #30. Evgeniy CHeremisin, #3. SHukurali Po'latov, #5. Bahtiyor Yoqubov, #8. Akmal Xolmatov, #15. Adrian Kashkaval,  #21. SHerzod Hakimov, #20. Dilyorbek Ermatov, #22. Ro'zimboy Ahmedov, #32. Jahongir Mehmonov, #33. Sardor Rahmonov, #38. Abbos Maxstaliev,

Zaxira: #1. Sergey Smorodin, #10. Murod Bobojonov, #18. Javohir Rasulov, #44. Umid Qodirov. 


P.S.

Qadrli futbol ishqibozlari. Saytimizda  bo'lib o'tadigan uchrashuv xaqida va boshqa jamoaga taluqli bo'lgan o'z fikrlaringizni bayon etish imkoniyati yaratilgan. Sizlardan kommentlar kutib qolamiz.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика