So’nggi yangiliklar

15:47ПСЖ "Олтин тўп"ни топшириш маросимида қатнашмайди. Нима учун?  1 15:25Хет-трик қайд этган легионер, рақибни тор-мор келтирган мураббий, финт билан гол урган футболчи — Суперлигада 22-турнинг энг яхшилари  0 15:03Цигер, Исмоилов, Ғиёсов, Табатадзе, Бегич... Суперлига 22-тур рамзий терма жамоаси  0 14:42Клюйверт Гиннес рекордлар китобига кирди  2 14:16"Арқадағ" вакиллари давлат мукофотига эга бўлди  12 13:49"Андижон" сўнгги сонияларда мағлубиятдан қутулиб қолган "Сўғдиёна" билан баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:23Эшитдик-да! Ўзбекистон МТЖ 9 октябрь куни Тошкентда ўртоқлик ўйини ўтказади  15 13:01U-17 Осиё Кубоги финалида қизил карточка олган Сарсенбаев ЖЧ гуруҳ босқичида Ўзбекистон терма жамоасига ёрдам беролмайди  3 12:40Суперлига. 23-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  3 12:27Эксперт фикри. Диёр Мирзабоев: "Андижон" икки фронтга тайёр эмасдек кўринди, баъзи жамоалар таркиби Суперлига учун етарлича кучлимас"  5 11:55​"Нефтчи" мухлислари қаршисида "Динамо"ни доғда қолдирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 11:31Аскер Нажафалиев Индонезия Суперлигасида ишлайди  0 11:26Ўзбекистон кубоги ярим финал ўйинларида ишловчи расмийлар билан танишинг  7 11:14Элит ОЧЛ. "Насаф" – "Ал Ҳилол" учрашувини ким бошқариши маълум  10 11:09Владислав Цейтлин Роналду клубининг ўйинида ишлайди   1

“Neftchi” murabbiylar shtabida katta o'zgarishlar. SHorahmedov va Rahmatullaev Farg'onaga keladimi? Yangiliklar

“Neftchi” murabbiylar shtabida katta o'zgarishlar. SHorahmedov va Rahmatullaev Farg'onaga keladimi?

Joriy mavsumni ham PRO-Ligada o'tkazadigan Farg'onaning “Neftchi” jamoasi bo'lajak chempionatda Superliga yo'llanmasi uchun kurashadigan asosiy nomzod bo'lishi shubhasiz.

Sababi Ilhom Mo'minjonov malum muddatlik diskvalifikaciyadan keyin endi astoydil ishga kirishishini tahmin qilish qiyin emas. Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, Mo'minjonov o'tgan yili jamoa sharafini himoya qilgan uch nafargina futbolchini olib qolib, qolgani bilan xayrlashgan. Bular – Islombek Karimov, Islombek Toshpo'latov va SHodiyor Xojimatov. Tarkibni to'ldirish va shu bilan birga kuchaytirish maqsadida murabbiylar shtabi selekciya ishlariga kirishib ketgan va o'tgan mavsum Superligada o'ynagan bir qator futbolchilarga jiddiy qiziqib qolgan. Aytishlaricha, AGMKdagi Bobur Yo'ldoshev, Akmal SHorahmedov va Saydullo Rahmatov. “Nasaf”dan Dilshod Rahmatullaev singari tajribali futbolchilar “Neftchi” nishonida bo'lib turibdi. Lekin futbolchilar qanday to'xtamga kelishini vaqt ko'rsatadi.

Darvoqe, Mo'minjonovgacha “Neftchi” murabbiylar shtabida faoliyat yuritib kelgan Ilhom Zaylobitdinov, Diyor Alijonov va Xislat CHilmatov bilan tuzilgan mexnat shartnomasi yakuniga etganligi sababliular bilan do'stona ravishda xayrlashishga qaror qilindi.

Ilhom Mo'minjonovga endilikda murabbiylar shtabida, Durbek Umaraliev, Dilshod Jabborov, Ruslan Ahmedxonov singari o'zining doimiy hamrohlari yordam beradi. SHuningdek ilgari “Neftchi”da futbolchi sifatida faoliyat yuritgan SHerzod Hakimov endilikda klub tizimida faoliyat yuritadigan bo'lmoqda. Olingan malumotlarga ko'ra, SHerzod Rayimjonovning ham yana klub rahbariyatiga qaytib, faoliyat yuritishi extimoli bor.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика