So’nggi yangiliklar

04:35Ла Лига. "Атлетико" илк турдаёқ камбэк қурбони бўлди  3 04:30Италия кубоги. "Милан" қийинчиликсиз "Бари"ни мағлуб этди  1 01:42Лига 1. Витиньянинг голи ПСЖга "Нант" устидан ғалабани тақдим этди  2 00:26Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" ўз уйида "Кайсериспор"ни мағлуб этолмади, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  10 23:54БАА Про лигаси. "Бани Яс" меҳмонда "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Мозговой 73 дақиқада ўйнади  1 23:47Бельгия Про лигаси. "Антверпен" меҳмонда дуранг ўйнади, Ўринбоев захирада қолдирилди  0 22:42Максим Шацких: "Менимча, айрим футболчиларимиз ҳали ҳамон фикри ҳаёли билан Про Лигада"  19 22:35Суперлига. “Қўқон-1912” — “Сурхон” 2:0  0 22:26АПЛ. "Манчестер Юнайтед" илк турда ўз майдонида "Арсенал"га мағлуб бўлди  34 22:13Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги сонияларда урилган гол эвазига "Бухоро"ни мағлуб этди  12 22:08Отабек Нарзуллаев: "Андижон"га қарши ҳужум тактикада ўйнамасак бўлмасди"  0 21:43Таҳлил. "Қўқон-1912" уйғоняптими?  1 21:32Баҳром Ҳайдаров: "Тезкор голдан сўнг хато қилишга қўрқиб ўйнадик"  0 21:01Февзи Давлетов: "Бунёдкор" билан ўйинда кўп энергия йўқотдик, "Қўқон-1912"да тикланиш учун кўпроқ вақт бўлди"  1 21:00Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди  71

"Neftchi" - "Bunyodkor". Videoprevyu Yangiliklar

"Neftchi" - "Bunyodkor". Videoprevyu

Teglar :  NeftchiBunyodkor
16 aprel, yakshanba kuni Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi Farg'onada “Neftchi” klubi mehmoni bo'ladi.

Ushbu uchrashuv jamoalarning o'zaro hisobdagi yigirmanchi birinchi to'qnashuvi sifatida qayd etiladi. SHu kungacha o'tkazilgan yigirma o'yinning o'n ikkitasida “qaldirg'ochlar”ning qo'llari baland kelgan bo'lib, to'rt uchrashuvda farg'onaliklar g'olib bo'lishgan. Qolgan to'rtta bahsda esa tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan. To'plar farqi 29:11, “Bunyodkor” foydasiga.

O'zaro o'yinlarda eng ko'p to'p kiritgan futbolchi Anvar Berdiev hisoblanadi. Ushbu hujumchi farg'onaliklar tarkibida “Bunyodkor” darvozasiga to'rtta to'p kiritgan.

Eslatib o'tamiz, 16 aprel kuni bo'lib o'tadigan oliy liga 6-turi doirasidagi “Neftchi” – “Bunyodkor” uchrashuvi Farg'onadagi “Istiqlol” stadionida soat 17:00da boshlanadi. Uchrashuvni navoiylik Zokir Qodirov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.

Quyida “Neftchi” va “Bunyodkor” jamoalarining farg'onaliklar mezbonligida o'tgan o'zaro uchrashuvlari qaydnomalaridan ko'chirmalar va kiritilgan barcha gollar videohavolasi bilan tanishishingiz mumkin.

NEFTCHI – BUNYODKOR 0:2 (0:1)
06.08.2007. 16-tur. Farg'ona. Markaziy stadion. 11000 tomoshabin
Bosh hakam
: Azamat Jalilov - 7,5 (SHahrisabz)
Gollar: SHavkat Salomov 39 (0:1), Azizbek Haydarov 55 (0:2)

NEFTCHI – BUNYODKOR 2:1 (2:0)
18.11.2008. 29-tur. Farg'ona. Farg'ona Markaziy stadioni. 15001 tomoshabin
Bosh hakam:
Rustam Hamidov - 7,6 (Andijon)
Gollar: Aziz Ibragimov 18 (1:0), Anvar Berdiev 37 (2:0), Rivaldo 88 (2:1)

NEFTCHI – BUNYODKOR 0:3 (0:2)
23.03.2009. 3-tur. Farg'ona. Markaziy stadion. 17525 tomoshabin
Bosh hakam:
Ravshan Ermatov - 9,7 (Toshkent)
Gollar: Rivaldo 18 (0:1), Anvar G'ofurov 27 (0:2), Viktor Karpenko 50 (0:3)

NEFTCHI – BUNYODKOR 0:3 (0:1)
18.09.2010. 20-tur. Farg'ona. Markaziy stadion. 15022 tomoshabin
Bosh hakam:
Viktor Serazitdinov – 8,2 (Toshkent)
Gollar: Timur Kapadze 35 (0:1), Anvar Rajabov 77 (0:2), Anvar Rajabov 90+3 (0:3)

NEFTCHI – BUNYODKOR 0:0
01.04.2011. 4-tur. Farg'ona. Markaziy stadion. 16253 tomoshabin
Bosh hakam
: Vadim Agishev – 8,5 (Toshkent)

NEFTCHI – BUNYODKOR 1:2 (0:1)
21.06.2012. 11-tur. Farg'ona. Markaziy stadion. 13280 tomoshabin
Bosh hakam:
Marat Ismoilov (Toshkent)
Gollar: Lutfulla To'raev 34 (0:1), Anvar Berdiev 47 (1:1), Javlon Ibroximov 61 (1:2)

NEFTCHI – BUNYODKOR 0:1 (0:0)
31.05.2013. 10-tur. Farg'ona. Markaziy stadion. 6035 tomoshabin
Bosh hakam:
Valentin Kovalenko (Toshkent)
Gol:
Farruh Turdialiev 68 avtogol

NEFTCHI – BUNYODKOR 0:0
25.10.2014. 24-tur. Farg'ona. “Qirguli” stadioni. 4701 tomoshabin
Bosh hakam:
Vladislav Ceytlin (Toshkent)

NEFTCHI – BUNYODKOR 2:0 (1:0)
18.09.2015. 22-tur. Farg'ona. “Istiqlol” stadioni. 5160 tomoabin
Bosh hakam
: Vladislav Ceytlin (Toshkent) – 8,6
Gollar: Adrian Kashkaval 3 (1:0), Murodbek Bobojonov 90+1 (2:0)

NEFTCHI – BUNYODKOR 2:1 (2:1)
03.08.2016. 16-tur. Farg'ona. “Istiqlol” stadioni. 7521 tomoabin
Bosh hakam:
Ilgiz Tantashev (Buxoro) – 8,0
Gollar: SHerzod Hakimov 1 (1:0), Eldor SHomurodov 37 (1:1), Otabek Isroilov 42 (2:1)


TAS-IX Emas


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика