So’nggi yangiliklar

18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  2 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  2 14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  8 14:18"Спортинг" Сегунда тўпурарини харид қилмоқда  0 13:50Instagram орқали мураббий излаётган Ҳиндистон Хавига рад жавобини берди  14 13:22Андреа Пирло Дубай жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди  3 12:54"Алавес" "Барселона" тарбияланувчиси трансферини эълон қилди  3

Nazorat uchrashuvi. “Qizilqum” –“Istiqlol” (Dushanbe) 1:1 Yangiliklar

Nazorat uchrashuvi. “Qizilqum” –“Istiqlol” (Dushanbe) 1:1

Teglar :  QizilqumIstiqlol
Toshkentda o'tkazilayotgan o'quv-mashg'ulot yig'inining so'nggi kunida “Qizilqum” futbolchlari Tojikiston chempioni, Dushanbe shahrining “Istiqlol” jamoasiga qarshi maydonga tushishdi.

Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlangan bo'lsada, keyinchalik tashabbus navoiyliklar tomonida bo'ldi. Nemanya Yovanovich, Doniyor Usmonov, Erkin Boydullaev tomonidan yo'llangan zarbalarni mehmonlarning legioner posboni Stoshich muvaffaqiyatli bartaraf etib turdi. Bir vaziyatda Grigalashvilining zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.

Ikkinchi bo'limda ham navoiyliklar tashabbusni o'z qo'llarida saqlab turishdi. Ammo tojikistonlik futbolchilarning kam sonli hujumlaridan biri gol bilan yakunlandi. Sergey Zenkoning kuchli zarbasi himoyachilarimizdan biriga tegib yo'nalishi biroz o'zgartirdi va darvozaning uzoq burchagiga borib tushdi. SHundan keyin ham “Qizilqum” futbolchilari hujumkorlini susaytirishmadi. 75-daqiqada Erkin Boydullaevning uzoq masofdan yo'llagan zarbasi raqib himoyachilaridan biriga tegib, “rikoshet” holatida darvoza to'ridan joy oldi – 1:1. Bo'lim oxirlarida navoiyliklar sardori jamoasiga g'alaba taqdim etishi ham mumkin edi. Darvozabon bilan deyarli birga bir vaziyatga chiqib borgan tajribali yarim himoyachi to'pni o'zidanda qulayroqda turgan sherigiga oshirishga urindi va to'p darvoza ustuni oldidan o'tib ketdi. Natijada tomonlar uchrashuvni durang bilan yakunlashdi.

Nazorat uchrashuvi. 23.03.2018.

“Qizilqum”- “Istiqlol” (Dushanbe) 1:1.

Toshkent. JAR stadioni.

Boshhakam: Ahrol Risqullaev.

Qizilqum”: Evgeniy CHeremisin, Muhsin Ubaydullaev, Fayzulla Qambarov, Giorgi Kvesieshvili, SHerali Jo'raev, Erkin Boydullaev, Samandar SHodmonov (Nodirxon Kamolov, 46), Mirjalol Qosimov, Doniyor Usmonov (Akmal Rustamov, 46, Elguja Grigalashvili, Nemanya Yovanovich (Andrey Sidorov, 80).

Istiqlol”: Stoshich, Baranovskiy, Asrorov, Jalilov, Jo'raboev, Nazarov, M. Hasan, Tixonoveckiy, Fatxulloev, Vosiev, Zenko.

Gollar: Erkin Boydullaev (75) – Nikolay Zinko (67).

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика