So’nggi yangiliklar

23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  0 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  3 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  7 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  6 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  5 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  1 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2 19:32Тер Штеген Францияда операция қилинади  3 19:05Алиссон Осиё турнеси давомида "Ливерпул"ни тарк этди  1 18:38Артета Зинченкони "Арсенал"дан кетмасликка кўндирди  0

Nazorat uchrashuvi . “Qizilqum” – “Bunyodkor” 3:1 Yangiliklar

Nazorat uchrashuvi . “Qizilqum” – “Bunyodkor” 3:1

Toshkentda o'quv mashg'ulot yig'inini o'tkazayotgan “Qizilqum” futbolchilari bugun yig'in doirasida ikkinchi nazorat uchrashuvini o'tkazishdi.

Aslida reja bo'yicha navoiyliklar kecha AGMKga qarshi maydonga chiqishlari lozim edi. Ammo malum sabablarga ko'ra bu bellashuv o'tkazilmadi. SHu bois bugun jamoamiz azolari Abramov boshchiligidagi “Bunyodkor”ga qarshi saf tortishdi.

“CHig'atoy” sport bazasi suniy qoplamali maydonda kechgan bellashuvning birinchi bo'limida toshkentliklar hisobda oldinga chiqib olishdi. Ammo ikkinchi bo'limni katta ustunlik bilan boshlagan navoiylik futbolchilari ikkinchi qirq besh daqiqalikda tezlik bilan hisobni o'zlarining foydalariga o'zgaritra olishdi.

Dastlab o'ng qanotdan SHerali Jo'raevning uzatib bergan to'pini Alisher Sanoev chamasi 16 metrlar masofadan to'xtatmasdan darvozaga aniq yo'lladi-1:1. Oradan hech qancha o'tmay yana o'sha qanotdan boshlangan hujumni Sanoev muvaffaqiyatli yakunladi. O'yin oxirlarida zaxiradan maydonga tushgan Bekzod G'anijonov “Bunyodkor” himoyachilari va darvozabonini ustalik bilan dog'da qoldirishning uddasidan chiqdi-3:1.

“Qizilqum” yig'ni doirasidagi uchinchi nazorat uchrashuvini 24 yanvar kuni JAR stadionida “Paxtakor”ga qarshi o'tkazadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика