So’nggi yangiliklar

09:07Sofascore. "Галатасарой"га мағлуб бўлган "Ризеспор"нинг ҳимоясидаги энг катта баҳони Алиқулов олди  4 08:58Мбаппе: "Буни унутишга ҳеч қачон ҳаққимиз йўқ"  2 08:50МЛС. 8 та гол урилган учрашувда "Интер Майами" мағлубиятга учради, Суарес иккита гол урди  0 08:02ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" "Ал Аҳли"ни меҳмон қилади  1 07:35Бум! Ўзбекистон мундиал стартидан олдин ЖЧ мезбони билан ўйнайди  12 02:10ЕЧЛ. "Атлетико" яна бешта гол урди, "Бавария" ва "Интер"да йирик ғалаба (барча натижалар)  6 01:21Хаби Алонсо: "Қайрат" Чемпионлар Лигасида ўйнашга муносиб жамоа"  4 00:34ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Қозоғистон билан ўртоқлик учрашуви бўйича музокаралар олиб борилган эди, аммо..."  2 23:58Иван Бошкович: "Битта чиройли зарба ўйин тақдирини ҳал қилди"  5 23:37ЕЧЛ. "Қайрат" ўз майдонида "Реал"га йирик ҳисобда ютқазди, Мбаппедан хет-трик!  107 23:27Виталий Левченко: "Сафарда муҳим ғалабани қўлга киритдик"  6 23:13Отабек Нарзуллаев: "Ҳимоямизни анча яхшилаб олдик"  1 23:08ЕЧЛ. "Интер", "Ливерпуль", "Челси" ва бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:55Футзал. 2-тур 3-кунида "Насаф", СҚБ ва "Oil-Star"да ғалабалар  1 22:43Александр Хомяков: "Бизга тетиклик етишмади"  8

Nazorat uchrashuvi. “Obod” – “Navbahor” 2:2 Yangiliklar

Nazorat uchrashuvi. “Obod” – “Navbahor” 2:2

Teglar :  ObodNavbahor
Bugun “Obod” stadionida oliy liga debyutanti “Obod” navbatdagi sparring raqibi “Navbahor” bilan kuch sinashdi.

Uchrashuv qiziqarli va murosasiz ruh ostida kechdi. Futbolchilar to'p uchun kurashda bir-birini ortiqcha ayab o'tirmadi. SHu bois bo'lsa kerak, har ikki bo'limda ham bittadan qizil kartochka qayd etildi. Etiborlisi har ikki chetlatish ham namanganliklardan bo'ldi. Nazorat uchrashuvi bo'lgani bois chetlatilgan o'yinchining o'rniga zaxiradan boshqasi tushurildi.

Birinchi bo'limning tahminan 15-daqiqasi o'tib borayotganida himoyachi Tohir SHamsitdinov raqibi SHoxruz Norxonovga nisbatan ochiqchasiga qo'pollik ishlatgani uchun maydondan chetlatildi.

Ikkinchi bo'limdagi qizil kartochka esa Otabek Valijonovga ko'rsatildi. Bu futbolchi ham raqibi Sanjar To'raqulovga nisbatan ochiqchasiga qo'pollik ishlatgani tufayli bosh hakam hech ikkilanib o'tirmasdan, maydondan chetlatdi.

O'yin borasida “Obod” raqibiga nisbatan mazmunliroq xarakat qilganini etirof etish lozim. Balki bu namanganliklarning tarkibi yangitdan shakllanayotgani bilan bog'liqdir. Hammasi rasmiy uchrashuvlarda ko'rinadi.

“Obod” – “Navbahor” 2:2
Gol:
Alisher Azizov (pen), Sanjar To'raqulov – Anvar Rajabov, Mo'ydin Mamazulunov.
“Obod”: 12.Dilshod Hamroev, 6.SHerzod Jalilov, 5.G'ayrat Umirov, 12.Xurshid G'iyosov, 18.Sanjar Asqaraliev, 8.Doniyor Hasanov, 11.SHoxruz Norxonov, 15.Javohir Qahramonov, 10.Alisher Azizov, 16.Pavel Solomin, 23.Javlon Iskandarov.
Zaxira: 30.Umid Yorbekov, 22.Alisher Mirzaev, 44.Sanjar Baratov, 24.Abdumalik Toshpo'latov, 20.Umid Matmusaev, 4.Sardor Telyakov, 14.Nuriddin Hasanov, 25.Valadislav Nuriev, 2.SHahzod Abdurahimov.
“Navbahor”: 1.Alibek Turobov, 33.Tohir SHamsitdinov, 20.Igor Golban, 5.Xayrulla Karimov, 18.Obid Jo'raboev, 21.Azam Aliev, 4.Nodir Mavlonov, 7.Akram Bahritdinov, 3.Anvar Rajabov, 6.SHoxjahon Hasanov, 44.Oleksandr Pishur.
Zaxira: 89.Akmal Ortiqov, 29.Dilshod Jabborov, 17.Sardor Azimov, 27.Temur Ayupov, 26.Qahramon Mahamadjonov, 10.Alisher Mahmudov, 11.Otabek Valijonov, 4.Sanjar Asqaraliev, 2.Aziz G'ulomxo'jaev, 21.Ravshan Aslanov, 25.Mo'ydin Mamazulunov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика