NAZORAT O'YINI. "Nasaf" Serbiya klubi bilan bahsda imkoniyatni boy berdi
21 jan 14:58
Yangiliklar
NAZORAT O'YINI. "Nasaf" Serbiya klubi bilan bahsda imkoniyatni boy berdi
Beshta gol kiritilgan uchrashuvda serbiyaliklarning qo'li baland keldi.
O'yinning 13-daqiqasidayoq Stankovkiy hisobni ochgan bo'lsa, 21-daqiqada Dilshod Usmonov muvozanatni tiklashga muvaffaq bo'ldi. Biroq ikkinchi bo'lim boshida vakillarimiz diqqatni yo'qotishdi: besh daqiqa ichida Balde va Ristich "Nasaf" darvozasini ikki bor ishg'ol etib, hisobni 1:3 ko'rinishiga keltirishdi. Bahs yakunida Sadullaev farqni qisqartirgan bo'lsa-da, bu g'alaba uchun kamlik qildi.
Nazorat uchrashuvi
"NASAF" — "RADNICHKI-1923" (Serbiya) 2:3
Gollar: D. Usmonov (21), Z. Sadullaev (79) — L. Stankovskiy (13), M. Balde (46), M. Ristich (51).
"Nasaf": Numonov, Abdisoliev, Komilov, Berdirahmonov, Otubanjo, Bahromov, Murtazaev, Xaydrov, Ubaydullaev, Sadullaev, Usmonov.
Zahira: Muratbaev, Davronov, Sokari, Ramilov.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar