So’nggi yangiliklar

13:32Суперкомпьютер Бундеслига фаворитларини аниқлади. "Бавария" билан қайси жамоа рақобатлашади?  0 13:03АПЛнинг энг қиммат ёш футболчилари маълум. "Челси", "Арсенал" ва "Манчестер Юнайтед" топда  0 12:36Ямалдан яна бир натижа: у собиқ жамоадошининг Ла Лигадаги рекордини янгилади  0 12:12"Нефтчи" пешқадамга айланди, Файзуллаев дебют қилди, Ашурматов қачон сафга қайтиши аниқ – 21 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   1 12:00Ўзбекистон Кубоги. "Бунёдкор" - "Бухоро" учрашуви 27 августга кўчирилди  3 11:39Эксперт фикри. Иброҳим Отахонов: "Андижон"га нафақат бугун балки кейинги ўйинда ҳам осон бўлмайди"  0 11:10"Қалдирғочлар" қаршисида "чақилмас ёнғоқ": "Қизилқум" – "Бунёдкор" учрашувини кўриш учун 7 та сабаб  2 10:50"Манчестер Юнайтед"га 21 ёшли футболчи керак  2 10:25Родригонинг вакиллари Англияда  8 10:1025 август куни ЎФФ раҳбарияти иштирокида брифинг бўлиб ўтади  0 09:52Луис Энрике: "Танқидларни тўғри тушунаман"  0 09:37Суперлига. Бугунги учрашувларни кимлар шархлайди?  12 09:24Кунде: "Рекордни янгиламоқчиман"  0 08:57"Ювентус" Артурни ижарага беради  1 08:27Sofascore. Кечаги учрашувда Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳога лойиқ кўрилди?  15

Navro'z Alimov “Terma jamoada ham o'zimni ko'rsatishga harakat qilaman” Yangiliklar

Navro'z Alimov “Terma jamoada ham o'zimni ko'rsatishga harakat qilaman”

Xabaringiz bor, Osiyo o'yinlarida ishtirok etadigan 23 yoshgacha futbolchilardan tashkil topgan O'zbekiston terma jamoasi shu kunlarda Toshkentda yig'in o'tkazyapti.
9 kunlik yig'in doirasida terma jamoa to'rtta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi va hozircha shundan ikkitasi bo'lib o'tdi. Mashg'ulotlarda “Qizilqum” hujumchisi Navro'z Alimov ham ishtirok etyapti. “Metallurg” bilan kechgan o'yindan keyin undan intervyu olgandik. Quyida shu suhbatni keltirib o'tamiz.   

-   Navro'z, Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik qanday ketyapti?
-   20 iyuldan yig'ilib tayyorgarlikni boshladik. Kayfiyat hammada yaxshi, terma jamoadagi muhit ham ajoyib. Osiyo o'yinlarida munosib ishtirok etish uchun astoydil ishlayapmiz.



-   “Navbahor” bilan bo'lgan o'rtoqlik o'yinida ikkita gol urdingiz, ammo “Metallurg” bilan kechgan bahsda omad kelmadi.
-   Men - hujumchiman, shunday ekan har bir o'yinda gol urishga harakat qilaman. Nimagadir “Metallurg”ga qarshi uchrashuvda omadim kelmadi. Vaholanki, bitta qulay vaziyatga ega bo'lgandim.

-   Osiyo o'yinlariga borish uchun yaxshi imkoniyatga egasiz. Ichki hissiyot nima deyapti? Qosimov sizni ham musobaqaga olib ketadimi?
-   Hozir bor kuchim bilan murabbiylar ishonchini oqlashga harakat qilyapman. Mirjalol Qo'shoqovich meni Ummonga qarshi o'rtoqlik o'yiniga ham taklif etgandi. Mendan talab qilinadigani faqat ishlash, buyog'ini vaqt ko'rsatadi.

-   Terma jamoa siz uchun baribir yangilik. Ko'nikib keta oldingizmi?
-   Boshida kelganimda albatta hayajon bor edi. Lekin hozir ko'nikib keta oldim, chunki ko'p futbolchilarni oldindan bilaman va ularning aksariyati bilan tengdoshmiz.



-   Terma jamoa klubdan qanchalik farq qiladi?
-   Klubga faqat o'sha hudud muxlislari etibor qilsa, terma jamoa butun O'zbekiston nigohida bo'ladi. SHu tomonlama bu erda to'p tepish juda masuliyatli.

-   Yaxshi o'yin ko'rsatishda davom etaversangiz, balki kelasi yil Toshkentning birorta kuchli klubidan chaqiruv olishingiz mumkin. SHu haqda o'ylab ko'ryapsizmi?
-   O'zimning ham nufuzli klubda o'ynash niyatim bor. Lekin bu qachon amalga oshishini bilmayman. Albatta, bu borada ham o'ylab ko'ryapman, lekin birinchi galdagi vazifa terma jamoa safiday joy olib, Osiyo o'yinlariga borib chempionlik bilan qaytib kelish.

X.Xoliqov suhbatlashdi.

Izoh: Navro'z Alimov suhbat so'nggida familiyasini Olimov emas, balki Alimov deb yozishimizni qattiq iltimos qildi. “Aka, men Nukusdanman, familiyam esa Alimov” - dedi u.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика