So’nggi yangiliklar

23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  0 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  1 23:01"Барселона" — "Валенсия". Таркиблар маълум  8 22:50"Милан" — "Болонья". Таркиблар маълум  1 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  84 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  5 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  5

"Navbahor"ning Toshkentda "Lokomotiv" ustidan yagona g'alabasiga 10 yil bo'ldi Yangiliklar

"Navbahor"ning Toshkentda "Lokomotiv" ustidan yagona g'alabasiga 10 yil bo'ldi

2010 yilning 24 aprel kuni Toshkentda "Navbahor" "Loko" mehmoni bo'lgandi.

Mana shu uchrashuvga bugun 10 yil bo'ldi. TTYMI stadionida kechgan bahsda mehmonlar 3:1 hisobida zafar quchgan hamda ushbu g'alaba hozirgacha "Navbahor"ning Toshkentda "Loko" ustidan yagona g'alabasi bo'lib qolmoqda. 

10 yil oldin oliy liganing 6-turidan o'rin olgan bahs juda qiziq kechgandi. Uchrashuvda dastlab Alisher Mahmudov hisobni ochgan, birinchi taym tugashiga bir daqiqa qolganida mezbonlar hujumchisi Farhod Usmonov hisobni tenglashtirgandi.

 

Ikkinchi bo'limda esa Otabek Valijonov jarima to'pini chiroyli tarzda amalga oshirib, Aleksandr Filimonov darvozasini ishg'ol qilgandi. "Loko" hisobni tenglashtirishga harqancha urinmasin, gol kirita olmagan, buning ustiga 82-daqiqada Rustam Azamovning avtogoli evaziga uchinchi to'pni o'tkazib yuborgan.

 

O'yinni ko'rish uchun Namangandan ko'plab muxlislar tashrif buyurgandi. O'yin tugashi bilan ko'pchilik ishqibozlar maydonga tushib ketgani hamon yodimizda. O'shanda Viktor Jalilov qo'l ostidagi "Navbahor" Toshkentdan g'alaba bilan qaytgan. Lekin shundan beri "Navbahor" safarda "temiryo'lchilar"ni mag'lub eta olmayapti.

 

Oliy liga, 6-tur. 24.04.2010 

"Lokomotiv" - "Navbahor" 1:3 

Gollar: Farhod Usmonov (44) - Alisher Mahmudov (19), Otabek Valijonov (74), Rustam M. Azamov, (avtogol - 82). 

"Lokomotiv": Aleksandr Filimonov, Evgeniy Gogol, Aleksandr Tokov, Rustam M. Azamov, Bahrom Yuldashev, Kaxi Maxaradze, Dilshod Jabborov, Rustam R. Azamov (Timur Vasilev, 35), Javlon Ibrohimov (Timur Ayzattulov, 67), Olim Novkarov (Aram Voskanyan, 52), Farhod Usmonov. 

"Navbahor": Mikola Pavlenko, Aleksandr Polovkov, Rahmatillo Berdimurodov, Yuriy Celix (Maksim Kriviy, 78), Alisher Mahmudov (Ivan Ivan, 56), Otabek Valijonov, Timur Sultonov, Akmal Xolmurodov, Sunnatilla Mamadaliev, G'ayrat Jo'raev (Elyor Jahonov, 65), Dilshod SHarofetdinov. 

Bosh hakam: Marat Ismoilov.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика