So’nggi yangiliklar

01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  2 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  0 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  1 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  3 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  12 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  0 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  2 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  29 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  9 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  21 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2

"Navbahor"da Gollandiya, Portugaliya, Ispaniya va xorvatiyalik legionerlar ko'rikdan o'tadi Yangiliklar

"Navbahor"da Gollandiya, Portugaliya, Ispaniya va xorvatiyalik legionerlar ko'rikdan o'tadi

Teglar :  Navbahor
Namanganning “Navbahor” jamoasi 2020 yilgi mavsumda o'z oldiga jiddiy maqsadlar qo'ymoqda, yani Osiyo CHempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritishni niyat qilmoqda.

SHu bois, klub rahbariyati, jumladan, “Navbahor” PFK vice-prezidenti Oybek Arifovich Samatov mamlakatimizning bir qator mahoratli va tajribali futbolchilari bilan muzokaralar olib bormoqda. Ushbu muzokaralar ijobiy yakunlanib, birorta o'yinchi bilan shartnoma imzolanadigan bo'lsa, birinchi bo'lib, "Navbahor"ning rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida malumot beradi.

Xabar berganimizdek, bugun 22 yoshli mahoratli yarim himoyachi Islom Rashidxonov “Navbahor” bilan shartnoma imzoladi va 2020 yili “lochinlar” sharafini himoya qiladigan bo'ldi.

Mahalliy futbolchilar bilan birgalikda shuningdek, bir qator mahoratli hamda tajribali legionerlarni ham tarkibga jalb etish rejalashtirilmoqda.

“Navbahor”ning 2020 yilning 7 yanvaridan  boshlanadigan o'quv-mashg'ulot yig'iniga quyidagi legionerlar jalb etilishdi:

Rossiyadan - David Dzaxov (1988 yil 6 oktyabrda tug'ilgan,yarim himoyachi).

Gollandiyadan 3 nafar futbolchi – Gregori Jarreld Martlales (1988 yil, 31 yanvarda tug'ilgan), Georgi Dilan Osazi (1998 yil, 27 iyunda tug'ilgan) hamda Isitir Ozan (barchasi - hujumchi).

Misrdan 2 nafar futbolchi – Mahmud Abdulvohid Abbos Hassan (1993 yil, 17 oktyabrda tug'ilgan, hujumchi) va Mustafo Mahmud Muhammad Salim (1989 yil, 17 martda tug'ilgan, yarim himoyachi).

Xorvatiyadan -  Vilim Posinkovich (1991 yil, 10 yanvarda tug'ilgan, hujumchi).

Bosniya va Gercegovinadan – Ismar Xayrlanovich (1996 yil, 4 martda tug'ilgan, yarim himoyachi).

Portugaliyadan – Karrela Oliveyra Rikardo (yarim himoyachi).

Ispaniyadan – Martinez Trueba Ignasio (1990 yil 11 aprelda tug'ilgan, yarim himoyachi).

Serbiyadan 2 nafar – Aleksa Andrejik (1992 yil, 13 sentyabrda tug'ilgan, yarim himoyachi) hamda Marko Rajkovich (1992 yil 13 noyabrda tug'ilgan, hujumchi).

Demak, “Navbahor”ning 2020 yilning 7 yanvaridan boshlanadigan yig'iniga 12 nafar xorijlik futbolchilar jalb etilishgan. Ularning soni yig'in davomida yanada oshishi ehtimoli ham yuqori.

Mazkur legionerlardan qaysi biri jamoamiz murabbiylar shtabida ijobiy taassurot qoldirsa,  o'sha xorijlik o'yinchi bilan shartnoma imzolanadi.

SHundan so'ng, biz klubimiz rasmi veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida o'sha legioner to'g'risida batafsil malumot beramiz.

Rasmiy veb-saytimiz hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariamizni doimo kuzatib boring va “Navbahor”ga oid yangiliklardan barchadan oldin boxabar bo'ling aziz hamda qadrli muxlislar!

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.            

Reyting: +80   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика