So’nggi yangiliklar

15:02МЮ 115 млн фунтлик трансфердан воз кечди  1 14:31"Галатасарой" Эдерсоннинг трансфери бўйича "Ман Сити" билан расмий музокараларни бошлади  2 14:00Игорь Шквирин: "Бизга хорижлик мураббий керакми-йўқми? Қарорни ҳозир қабул қилиш лозим. Кападзеда тажриба кам, аммо..."  16 13:30Суперлига. "Нефтчи" учун Наманган — "қўрқинчли" маконми?  8 13:16"Рома" Конени "Интер"га сотмайди. Гасперини хавбекка умид қилмоқда  0 12:45Лёвдан рад жавобини олган Ўзбекистон УЕФА кубогини қўлга киритган мураббийга таклиф билан чиқди  46 12:32Тимур Кападзе Ўзбекистон терма жамоасида қолиши керакми? Алишер Никимбаевнинг фикри  11 12:01"Пахтакор" "Сўғдиёна"ни қийинчиликсиз мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 11:40"Бавария" Симонсни сотиб олмоқчи  0 11:05Павар Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  1 10:41Люпчо Дориев "Пахтакор"га қарши ўйин, голсиз серияси ва нега 14-рақамни ёқтириши ҳақида гапирди  2 10:18Превью. Мусобақа етакчиси чемпионат аутсайдерига қарши баҳсида ким ғолиб бўлади?  5 09:47Аморим "Спортинг"даги шогирдини МЮга олиб келмоқчи  2 09:23Превью. Абрамовнинг "Динамо"си Қосимовнинг ОКМКсини меҳмон қилади  13 08:56Слот кечаги ғалабдан сўнг нималар деди?  9

"Navbahor": Yoshlarimiz g'alaba qozonishdi Yangiliklar

"Navbahor": Yoshlarimiz g'alaba qozonishdi

Mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan yoshlarimiz bugun navbatdagi nazorat uchrashuvini o'tkazishdi.
Lyan boshchiligidagi jamoaga bu safar To'raqo'rg'on tumanida joylashgan futbol maktabi tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan jamoa raqib bo'ldi. To'raqo'rg'onliklar safida ayni paytda jamoamiz yurgan Islom Jo'raev, Timur Sultonov, Ayubxon Gapparov va Farhod SHokirov kabi viloyatimiz futboli tarbiyalanuvchilari ham to'p surishdi. Yoshlarimiz safida asosiy tarkib bilan shug'ullanib, mahoratlarini oshirayotgan futbolchilarimiz maydonga tushishdi. 
Yoshlar jamoasi murabbiylari mazkur o'yin orqali mashg'ulotlarda qatnashayotgan bir qator futbolchilarni yana bir bor ko'zdan kechirishdi. Uchrashuvdan kelib chiqqan holda murabbiylar talabga javob bermagan yoshlarga javob berishga qaror qilishdi. O'yin esa yoshlarimizning 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Gollarga Sardor Telyakov (12,25) va Sodiq Erkinov (89)lar mualliflik qilishdi. 
Tarkib esa quyidagicha ko'rinishga ega bo'ldi: A.Ergashev, F.Umaraliev, S.Toshpo'latov, O.Halilov, H.Yunusov, I.Ismoilov, A.Turg'unboev, S.Telyakov, A.Umarov, A.Hojimirzaev, I.Abdullaev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: D.To'xtaboev, I.Malikov, S.Botirxanov, I.Siddiqjanov, B.Rahmanov, M.Saitbaev, X.G'aniev, A.Xoldorov, D.Hotamov, A.Nematillaev, Z.Abdullaev, A.Turg'unpo'latov, A.Yusupov, D.Malikov, S.Erkinov. 
Yoshlar jamoasi Farg'ona viloyatida bo'lib o'tadigan “Hokim kubogi” musobaqasida qatnashishni rejalashtirgan. Ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan mazkur turnir 30 yanvar kuni start oladi. Musobaqa 6 fevralda yakunlanadi. Kubok bahslari Farg'ona davlat universiteti o'yingohi va Qirgulidagi “Neftchi” sport majmuasi maydonida bo'lib o'tadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика