So’nggi yangiliklar

02:10ЕЧЛ. "Атлетико" яна бешта гол урди, "Бавария" ва "Интер"да йирик ғалаба (барча натижалар)  2 01:21Хаби Алонсо: "Қайрат" Чемпионлар Лигасида ўйнашга муносиб жамоа"  1 00:34ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Қозоғистон билан ўртоқлик учрашуви бўйича музокаралар олиб борилган эди, аммо..."  2 23:58Иван Бошкович: "Битта чиройли зарба ўйин тақдирини ҳал қилди"  2 23:37ЕЧЛ. "Қайрат" ўз майдонида "Реал"га йирик ҳисобда ютқазди, Мбаппедан хет-трик!  93 23:27Виталий Левченко: "Сафарда муҳим ғалабани қўлга киритдик"  5 23:13Отабек Нарзуллаев: "Ҳимоямизни анча яхшилаб олдик"  1 23:08ЕЧЛ. "Интер", "Ливерпуль", "Челси" ва бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:55Футзал. 2-тур 3-кунида "Насаф", СҚБ ва "Oil-Star"да ғалабалар  0 22:43Александр Хомяков: "Бизга тетиклик етишмади"  8 22:39Суперлига. "Сўғдиёна" – "Нефтчи" 0:1   3 22:23Луис Энрике "Барселона"ни мақтади  1 21:41Клопп эмас: "Ал Иттиҳод" бош мураббийлиги учун асосий номзодлар маълум қилинди  0 21:14"Бунёдкор" мураббийлари тақдирланди  0 21:00Суперлига. "Нефтчи" меҳмонда "Сўғдиёна"дан устун келди  40

"Navbahor": Yig'in so'nggida "So'g'diyona" mag'lub etildi Yangiliklar

"Navbahor": Yig'in so'nggida "So'g'diyona" mag'lub etildi

Teglar :  NavbahorSo'g'diyona
Bundan biroz vaqt oldin "Navbahor"ning Toshkentda tashkil etilgan dastlabki yig'ini yakunlandi.

Yig'inning so'nggi kunida futbolchilarimiz Jizzaxning "So'g'diyona" klubi bilan kuch sinashishdi. Jizzaxliklar bilan o'tgan o'yinda G'ofurov shogirdlari ustunlikka ega bo'lishdi. Bu jihat yakuniy hisobni 3:0 bo'lishini taminladi. Dastlab Dilshod Jabborov qanotdan uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi. Tanaffusga qadar jamoamizning chap qanotdan uyushtirgan hujumi ham samarali yakunlandi. Anvar Rajabovning qanotdan uzatgan to'pi himoyachiga tegib to'rdan joy oldi. Uchrashuv yakunlanishi arafasida zaxiradan maydonga tushgan Sardor Azimov hisobni yirik ko'rinishga olib keldi.

"Navbahor" tarkibi quyidagicha bo'ldi: Akmal Ortiqov, Obid Jo'raboev, Xayrulla Karimov, Igor Golban, Azizbek G'ulomxo'jaev, Azam Aliev, Dilshod Jabborov, Otabek Valijonov, Anvar Rajabov, Timur Ayupov, Mo'ydin Mamazulumov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Botir To'raboev, Azizbek Turg'unboev, Alisher Mahmudov, Sanjar Asqaraliev, SHohjahon Abbosov, Sardor Azimov, Nodir Mavlonov, Ravshan Aslanov, Qahramon Mahammadjonov.

Uchrashuvda jarohatlari borligi tufayli Tohir SHamsitdinov va Akram Bahriddinovlar ishtirok eta olishmadi. Ukrainalik hujumchi Oleksandr Pishur esa tatildan foydalanib, uyiga borib kelish uchun ruxsat olgani sababli o'yinda qatnashmadi. SHu tariqa Toshkentda tashkil etilgan dastlabki yig'in yakunlandi. Jamoa azolari qisqa muddatlik tatildan so'ng 2 fevral kuni yana Toshkentda yig'ilishadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика