"Navbahor" yana ikki nafar futbolchi bilan xayrlashdi
16 jan 09:06
Yangiliklar
"Navbahor" yana ikki nafar futbolchi bilan xayrlashdi
Ayni vaqtda yurtimizda mavsumlar oralig'idagi tanaffus payti.
"O'tgan mavsumda "lochinlar" sharafini himoya qilgan mahoratli futbolchilar - yarim himoyachi Komiljon Tojidinov va hujumchi Asadbek Jo'raboevlar jamoamizni tark etishdi.
Tojidinov o'tgan mavsumda jamoamiz tarkibida O'zbekiston Superligasi hamda kubogi o'yinlarida jami 12 ta o'yinda maydonga tushib, 425 daqiqa o'ynagan bo'lsa, Jo'raboev yuqorida keltirilgan ikki musobaqa uchrashuvlarida jami 11 ta o'yinda maydonga tushib, 329 daqiqa to'p tepgan.
Biz mazkur o'yinchilarga "Navbahor"dagi faoliyatlari uchun minnatdorchilik bildirib, keyingi faoliyatlarida omad yor bo'lishini tilaymiz", - deb xabar bermoqda klub rasmiy kanalida.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar