So’nggi yangiliklar

17:25"Нефтчи" "Машъал"га ҳеч қандай имкон қолдирмаган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 17:06"Реал" бош мураббийи икки ҳимоячига ишонмаяпти  1 16:43"Бобур Арена" "Андижон" – "Пахтакор" учрашувига тайёр!  3 16:11Чемпионлар Лигасига қачон қуръа ташланади?  4 15:56АПЛ клубининг энг ёш эгаси 30 ёшдан кичик. Бу ким?  0 15:18"Манчестер Сити" Ҳусановнинг рақобатчиси билан шартномани узайтирди  3 14:56АПЛ клублари ойна ёпилишидан олдин трансфер рекордини янгилаб бўлди  0 14:30"Истиқлол" стадиони сухандони провокацион эълонлар берди, "Динамо" стадиони техник ҳудудига бегона шахслар кирди, Владимир Бубанья микст-зона масаласида комиссарга эътироз билдирди — Лига комиссарлари билдиргиси  10 13:58"Ливерпуль" тарихидаги энг қиммат ҳимоячилардан бири сафдан чиқди  3 13:32Суперкомпьютер Бундеслига фаворитларини аниқлади. "Бавария" билан қайси жамоа рақобатлашади?  1 13:03АПЛнинг энг қиммат ёш футболчилари маълум. "Челси", "Арсенал" ва "Манчестер Юнайтед" топда  2 12:36Ямалдан яна бир натижа: у собиқ жамоадошининг Ла Лигадаги рекордини янгилади  0 12:12"Нефтчи" пешқадамга айланди, Файзуллаев дебют қилди, Ашурматов қачон сафга қайтиши аниқ – 21 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   3 12:00Ўзбекистон Кубоги. "Бунёдкор" - "Бухоро" учрашуви 27 августга кўчирилди  4 11:39Эксперт фикри. Иброҳим Отахонов: "Андижон"га нафақат бугун балки кейинги ўйинда ҳам осон бўлмайди"  0

"Navbahor" va "Neftchi" Ravshan Ermatovni tabriklaydi Yangiliklar

"Navbahor" va "Neftchi" Ravshan Ermatovni tabriklaydi

Vodiyning ikki klubi Ravshan Ermatovga tabrik yo'lladi.
“Neftchi” FK Ermatov va Rasulovni tabriklaydi

25 iyul kuni Toshkentdagi Olimpiya shon-shuhrati muzeyida 2014 yilgi jahon chempionati bahslarida hakamlik qilgan FIFA referisi Ravshan Ermatov va FIFA referisi assistenti Abduhamidullo Rasulovni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Unda FIFA referisi Ravshan Ermatov O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov farmoniga muvofiq El-yurt hurmati ordeni bilan taqdirlandi.

SHuningdek O'zbekiston futbol federaciyasi ham taniqli hakamimizni O'zbekiston Futbol Federaciyasi faxriy nishoni bilan ham taqdirladi.

Undan tashqari yaqinda Braziliya maydonlarida o'tgan jahon chempionati o'yinlarida Ermatovga yaqindan yordam bergan Abduhamidullo Rasulov ham "ORLANDO" avtomashinasi bilan, Ermatov esa "MALIBU" rusumli avtomashina bilan taqdirlandi.

SHu munosabat bilan “Neftchi” futbol klubi ham ushbu hakamlarimizni mazkur yutuqlari bilan muborakbod etadi.

Qolaversa bu yil ikkinchi bor mundialda ishtirok etib, jahon chempionatidagi o'yinlarni boshqarish borasida dunyo bo'yicha rekord qayd etgani bilan ham Ravshan Sayfitdinovichni tabriklaymiz.

Bu bilan hakamlarimiz mamlakatimizni butun dunyoga yanada tanitdi!

Ularning kelgusi faoliyatiga omadlar yor bo'lishini tilab qolamiz!


"Navbahor": Unvonlar muborak!

Braziliyada bo'lib o'tgan jahon chempionatida uchrashuvlarni boshqarish bo'yicha rekord o'rnatgan hamyurtimiz Ravshan Ermatovni jahon futbolida o'ziga xos o'ringa ega bo'ldi. Yurtdoshimizning mundialdagi ishtiroki munosib tarzda rag'batlantirildi. Xususan, Ermatov O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov farmoniga binoan "El-yurt hurmati" ordeni hamda O'zbekiston futbol federaciyasining faxriy nishoni bilan taqdirlandi. Ushbu mukofotlar bilan Ravshan Ermatovni klubimiz azolari nomidan tabriklaymiz. O'z navbatida hamyurtimizning kelgusi ishlarida doimo omad va muvaffaqiyat tilab qolamiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика