So’nggi yangiliklar

17:52"Аркадағ" - "Андижон". Таркиблар маълум бўлди  2 17:29"Қизилқум" майдондан чиқишни хоҳламаган футболчи билан шартномани бекор қилди  5 17:15Қайси клуб ҳозирги таркиби учун энг кўп пул сарфлаган?  3 16:50Пролига 15-турида ишловчи расмийлар  0 16:21Осиё томон йўлга чиқиш навбати "Андижон"га — ОФКнинг клублар мусобақаларида қатнашган барча ўзбек клублари  12 16:06"Реал" юлдузларидан бири 1.5 ойга сафдан чиқди  5 16:00Биринчи лига 15-турида ишловчи расмийлар  0 15:20"Насаф"нинг ОЧЛдаги 9-мавсуми бошланди  8 15:20Туғилган кун муборак, ўзбек футболи қироли — Миржалол Қосимов!   245 14:50"Реал" Чемпионлар лигасида пенальтилар сони бўйича рекордчи бўлди  12 14:33Ямал "Барселона"нинг қайдномасига киритилмади  0 13:49Шерзод Эсанов - "Динамо-Брест" футболчиси  5 13:22ЧЛ плей-оффида "Бенфика"га ютқазган Моуринью энди шу жамоани бошқаради  3 13:01Собиқ ҳакам "Реал"нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: "У қўлини бошқа ерга қўя олмасди"  19 12:52Ҳамма учун севимли Миржалол!  22

"Navbahor" - "Surxon" o'rinbosarlari ishtirokidagi o'yin 22 iyulga qoldirildi Yangiliklar

"Navbahor" - "Surxon" o'rinbosarlari ishtirokidagi o'yin 22 iyulga qoldirildi

Coca Cola Superliga 10-turini o'tkazish bilan bog'liq qator muammolar borligi sir emas.

Klublar topshirgan test natijalari aniq bo'lmasdan turib, O'zPFL bir qarorga kelishi qiyin bo'lmoqda. 

SHundan kelib chiqib, ertaga — 20 iyul kuni bo'lib o'tishi kerak bo'lgan “Surxon” va “Navbahor” U-21 jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 22 iyul kuniga qoldirildi. Hattoki klublarning asosiy tarkiblari 21 iyul kuni maydonga chiqishlariga to'g'ri kelsa ham, noodatiy tarzda o'rinbosarlar bir kun keyin kurash olib boradi. 

“Surxon” va “Navbahor” asosiy tarkiblari o'yini masalasiga ertaga — 20 iyun kuni oydinlik kiritiladi. Bunda O'zPFL “Surxon” futbolchilari topshirgan test natijalariga diqqatini qaratadi. 

Hozirga qadar Qarshi shahrida kechishi kutilayotgan “Nasaf” — “So'g'diyona”, Olmaliqdagi AGMK — “Lokomotiv” va Navoiydagi “Qizilqum” — “Buxoro” uchrashuvlarini o'tkazish bilan bog'liq muammolar yo'q. Qolgan barcha uchrashuvlar masalasiga ertaga oydinlik kiritiladi. Ertaga barcha klublar rahbarlari va bosh murabbiylari bilan onlayn videokonferenciya o'tkaziladi.

O'zPFL futbol jamoatchiligidan bugungi vaziyatni to'g'ri tushunishni so'raydi hamda noqulayliklar uchun uzr so'raydi. SHuningdek, barcha o'zgarishlar rasmiy saytda o'z vaqtida yoritib borilishini malum qiladi.  

10-tur

21 iyul, seshanba

19:00 SURXON — NAVBAHOR  

19:00 NASAF — SO'G'DIYONA  

22 iyul, chorshanba

19:00 MASH'AL — ANDIJON  

19:00 AGMK — LOKOMOTIV 

23 iyul, payshanba

19:00 QO'QON-1912 — PAXTAKOR 

19:00 QIZILQUM — BUXORO   

19:00 BUNYODKOR — METALLURG

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика