So’nggi yangiliklar

19:10Футзал бўйича ЖЧ. Украина Францияни аяб ўтирмади ва тарихда илк бор мундиалнинг бронза медалларига эга чиқди!  5 19:06"Страсбур" — "Ланс". Ҳусанов доимгидек асосий таркибда  0 19:00Эрон чемпионати. "Фулад" ва Юсупов "Тракторсози" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  0 18:53"Реал" Карвахаль билан шартнома 2026 йилга қадар узайтирилганини эълон қилди. Ҳимоячи 8-10 ойга сафдан чиққан  0 18:37Камолиддин Тожиев: "Драган Черан бу мавсумда ҳам тўпурар бўлмоқчи. Максим Шацких билан маслаҳатлашиб турибман"  5 18:27"Алавес" — "Барселона". Педри, Ямал, Рафинья ва Левандовски асосий таркибда  1 18:09Вадим Абрамов: "Ўйин ғалати ҳодисаларга бой бўлди. Бизнинг дарвозамига ҳар доим пенальти тепишади, биз эса ҳеч қачон"  11 18:00АПЛ. "Челси" ва "Манчестер Юнайтед" иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  4 17:31А Серия. "Ювентус" 88-дақиқада урилган гол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди, Консейсау симуляция учун майдондан четлатилди  3 16:42"Реал" Карвахалнинг жароҳати сабаб қишдаёқ Александер-Арнольдни харид қилиши мумкин  2 16:17Дилшод Ирсалиев қайси жамоа жаҳон чемпионлигини қўлга киритишини айтди  1 16:00Суперлига. Черан туғилган кунида "Динамо" дарвозасига учта гол киритиб, "Пахтакор"га муҳим ғалабани тақдим этди  88 15:39Баҳодир Аҳмедов: "Ўзбекистонга юлдузлар ташрифи кўпайса, футзал янада ривожланади"  3 15:11Саудия Арабистони клуби Салоҳ билан музокаралар олиб бормоқда, ушбу клубга ван Дейк ҳам қизиқ  1 14:00Рустам Турдимуродов: "Бутун стадион қизил рангга бурканди. Якунда "Андижон" ғалаба қозонишини кўнглим сезганди"  4

"Navbahor" stadionida muxlislar va OAV xodimlariga qulay sharoitlar yaratilmoqda FOTO Yangiliklar

"Navbahor" stadionida muxlislar va OAV xodimlariga qulay sharoitlar yaratilmoqda FOTO

Jamoalarning qanday o'yin namoyish etishlari ko'p jihatdan maydonning sifatiga ham bog'liq.

Maydon sifatli va qoniqarli bo'lsa, futbolchi o'z imkoniyati darajasida to'p sura oladi. Aksincha  bo'lsa, buni amalga oshirish muammo tug'diradi. Milliy chempionatimiz Superliga nomini olgach, klublarning stadionlari va maydonlariga ham jiddiy etibor qaratilmoqda. Biz Namanganning “Navbahor” klubining uy stadioni sanaladigan Namangan shahridagi “Markaziy” o'yingoh direktori Nabixon Abdug'aniev bilan stadionda olib borilayotgan ishlar yuzasidan suhbat uyushtirdik.



Nabixon aka, “Markaziy” o'yingohda joriy mavsumga tayyorgarlik ishlari qanday olib borilmoqda?
Xabaringiz bor, bu yil sevimli jamoamiz “Navbahor” tashkil topganligiga 40 yil to'ladi. Ushbu yubileyga munosib tayyorgarlik ko'rish maqsadida stadionda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Qayta rekonstrukciya qilingan 2014 yildan buyon hali o'yingoh tamirlanmagandi. Bu yil stadionda juda katta hajmda tamirlash ishlari olib borilmoqda. Jumladan, maydon chimlari kerakli dori vositalari bilan ishlov berilib, plyonka bilan o'raldi.
 15 kundan keyin plyonka olib tashlanib, maydonda ayni paytda sug'orish ishlari olib borilmoqda. Xudo xohlasa, 17 mart kungi “Lokomotiv”ga qarshi kechadigan uchrashuvgacha maydon tayyor holga keltiriladi.

Xabaringiz bor, joriy mavsumdan boshlab, sevimli jamoamiz “Navbahor”ning logotipi va formalarining rangi o'zgartirildi. SHundan kelib chiqqan holda, stadion foyelari, o'rindiqlarning old taraflari “Navbahor”ning liboslari rangiga moslashtirilgan holda, oq va qizil ranglarga bo'yalmoqda.


Muxlislar va OAV xodimlariga qulaylik yaratish uchun stadionda qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Albatta, futbol muxlislar uchun o'ynaladi. Oldingi yillarda muxlislar qo'llarida chiptalari bo'lishiga qaramay, o'z o'rindiqlarini topishda muammolarga duch kelishardi. SHunday holatlar yana takrorlanmasligi, ishqibozlarga qulaylik yaratish maqsadida turniketlar elektromagnit uskunalar bilan jihozlanyapti va turniketlarga chipta raqamini o'qiydigan maxsus jihoz o'rnatilyapti. CHiptalar kompyuterda chop etiladi va qancha chipta sotilganligi kompyuter orqali aniqlanadi. SHunda o'yingohga qancha tomoshabin tashrif buyurganligi ham aniq malum bo'ladi. Bundan tashqari, endi ishqibozlar xotirali videokamera orqali nazorat qilinadilar. Tartibsizlikka yo'l qo'ygan muxlislar bundan buyon keyingi o'yinlarga kiritilmaydi. Muxlislarning o'z o'rindiqlarini topishda yordam berish maqsadida styuardlarni ham jalb etdik. Bundan tashqari, savdo shahobchalarini tashkil etyapmiz. Jumladan, o'yingohimizda “Navbahor”ning formalari, sharflari, jamoa logotipi tushirilgan yon daftarcha, shuningdek, salqin ichimliklar, pirojniylar va muzqaymoq sotuvini yo'lga qo'yyapmiz.

Ommaviy axborot vositalari vakillariga qulaylik yaratish maqsadida esa jurnalistlar uchun media-tribuna, mikst-zona tashkil etdik. Endi OAV xodimlari uchrashuvni bevosita media-tribunadan kuzatish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Bundan tashqari, jurnalistlar o'yindan keyin mikst-zonada o'zlari xohlagan murabbiy va futbolchilardan intervyu olishlari mumkin. Qisqasi, bu yilgi reglamentga muvofiq, stadionimizda muxlislar hamda OAV xodimlari uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda. Endi muxlislar va jurnalistlar stadionda hech qanday muammolarga duch kelishmaydi.


Mazkur ishlarni amalga oshirishda “Navbahor” klubi rahbariyati va homiy tashkilotlarning hissalari qanday?

Albatta, bu ishlarni bajarishda Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti Xayrulla Hayitbaevich Bozarov, Namangan shahar hokimi, “Navbahor” klubi prezidenti SHavkat SHokirjanovich Abdurazzoqov, viloyat futbol associaciyasi vice-prezidentlari Olimjon Botirovich Isaev va Bahrom Muhitdinovich Xolmirzaev, “Navbahor” klubi direktori Akram Gapparovich Dedabaev, shuningdek, homiy tashkilotlar amaliy yordam berishmoqda.
Fursatdan foydalanib, ularga o'z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman.

So'zim yakunida shuni takidlamoqchimanki, 17 mart kuni Namanganda joriy mavsumning ilk uchrashuvi o'tkaziladi. SHuningdek, “Navbahor”ning 40 yillik yubileyi ham nishonlanadi. Mazkur tadbirni yuqori saviyada o'tkazish uchun madaniyat boshqarmasi, sanat btilim yurtlari tarbiyalanuvchilari, taniqli xonandalar, viloyat teleradiokompaniyasi va jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari jalb etilitshgan.   bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, ushbu yubileyda yurtimizning taniqli xonandalari o'zlarininng dilrabo kuy-qo'shiqlari bilan yig'ilganlarga quvonch ulashadilar.

Bundan tashqari, bir qator faxriy mehmonlar ham yubileyga taklif etilishgan. Ular orasida O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti, O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov, “Navbahor” klubining sobiq futbolchi va murabbiylari bor. Mazkur tadbirga barcha muxlislarni taklif etib qolaman. Barcha amalga oshirilayotgan ishlar joriy mavsum bahslarida o'yingohimizda muxlislarning to'lib-toshishi uchun qaratilgan.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика