So’nggi yangiliklar

16:13Дракслер етакчилигидаги "Ал Аҳли" Андижонда!  3 15:55Ўзбекистон футбол ассоциацияси Эрон терма жамоаси собиқ устозига жиддий қизиқмоқда  11 15:20"Валенсия" Винисиус ҳақидаги ҳужжатли фильм туфайли Netflix'ни судга берди  5 14:57ФИФА ЖЧ-2026 саралашида иштирок этаётган терма жамоага техник мағлубият ёзди  0 14:30Кападзе ФИФА кунларида терма жамоа бошқарувида бўлади  14 14:02Ротация режалаштирилган. "Реал" "Қайрат"га қарши ўйинда майдонга тушириши мумкин бўлган футболчилар маълум  7 13:39"Милан" ва "Интер" "Сан Сиро"ни бузади  0 13:17"Машъал" "Бухоро" билан ўйиндан олдин 2 нафар йўқотишга эга  3 12:57Аҳрор Рисқуллаев Суперлигада юбилей ўйинини бошқарди  4 12:34Уругвайнинг асосий футболчилари Ўзбекистонга қарши баҳсни ўтказиб юбориши мумкин  3 11:45"Насаф" "Ал Ҳилол"га кичик ҳисобда мағлуб бўлган учрашувдан галерея  5 11:20Игорь Сергеев: "Илк дақиқалардан вақт чўзиш ҳолати кузатилди, муҳими ғалаба қозондик"   0 10:48"Арсенал" асосий футболчиси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 10:22Клопп Осиё жамоасини бошқариши мумкин  1 09:55Хави МЮни бошқаришга рози  8

"Navbahor": Pishur jamoamiz safida Yangiliklar

"Navbahor": Pishur jamoamiz safida

Mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan "Navbahor" tarkibiga yangi o'yinchilarni kelib qo'shilishi davom etmoqda.

"Navbahor"ning poytaxtdagi vaqtinchalik qarorgohiga ukrainalik hujumchi Oleksandr Pishur kelib qo'shildi. Bir kun oldin nazorat uchrashuvi o'tkazilganligi sababli, futbolchilarga dam olish elon qilinganligi sababli futbolchi "Navbahor" navbatdagi mashg'ulotlarida qatnashadi. Ushbu hujumchi yurtimiz muxlislariga Toshkentning “Bunyodkor” klubidagi ishtiroki bilan yaxshi tanish. Futbolchi 2013 va 2014 yilgi mavsumlarda aynan “qaldirg'ochlar” sharafini himoya qilgandi. 2015 yilgi mavsumni esa Pishur Qozog'istonda Jambulning “Taraz” jamoasi tarkibida o'tkazdi. O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra “Taraz” Qozog'iston premer-ligasida uchinchi o'rinni qo'lga kiritgandi. Pishur esa 32 uchrashuvda maydonga tushib raqiblar darvozasini to'qqiz bor nishonga olgan. Jambulliklar bilan shartnomasi yakuniga etgach, Oleksandr Ukrainaga qaytgandi.

1981 yilning 26 yanvarida CHernigov shahrida tug'ilgan Pishur futbolchilik faoliyatini Belarusning “Dnepr-Transmash” klubida boshlagan. Keyinchalik hujumchi Ukrainaning “Metallist”, Vorskla”, “Zakarpate”, “Volin”, “Zarya”, “Tavriya”, “Obolon” hamda Slovakiyaning “Rujembero” klublari sharafini himoya qilgan. 2013 va 2014 yilgi mavsumlarda “Bunyodkor”da to'p surgan legioner O'zbekiston chempioni, mamlakat kubogi va superkubok sohibiga aylangan. Umumiy hisobda Pishur “qaldirg'ochlar” safida 69 o'yinda maydonga tushib, 35 ta golga mualliflik qilgandi. 2013 yilgi chempionat yakunida esa Oleksandr 19 gol bilan oliy liga to'purari nomini qo'lga kiritgan.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика