So’nggi yangiliklar

19:29Ринкон: "Винисиус билан "Реал" ўз йўлидан адашди"  0 19:17Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  17 19:07Эшитдик-да! "Сўғдиёна" футболчиси "Навбаҳор"га ўтди  1 18:51ФИФА ЖЧ-2026 чипталарига бўлган талаб бўйича рекорд ўрнатилганини маълум қилди  0 18:25Вадим Абрамов: "Биз биринчи ўринни эгаллашимиз ҳам мумкин эди"  9 17:55Кроос Марокаш терма жамоасини ЖЧ-2026 фаворитлари қаторига қўшди  1 17:26"Нефтчи" аъзоларига чемпионлик учун iPhone совға қилинди  9 16:58"Наполи" "Реал" футболчисини ижарага олиш имконияти билан қизиқди, аммо рад жавобини олди  0 16:34"Андижон" 7 январь куни Туркияга йўл олади  4 16:06Португалия — йилнинг энг яхши терма жамоаси  8 15:41Фарғона вилояти футбол клублари ўртасида ҳамкорлик меморандуми имзоланди  2 15:15Тони Кроос тарихдаги энг улуғ мураббийни айтди  6 14:4938 ёшли Кавани фаолиятини тугатмаган. Ҳаммаси 28 декабрь ҳазили бўлиб чиқди  2 14:22Владимир Йовович "Андижон"га ўтадими? Футболчининг ўзи жавоб берди  4 13:55Манба: Суперлига-2026да апрель ойи ҳақиқий "боксинг дэй"га айланади  12

"Navbahor", "Paxtakor" sobiq futbolchisi Vyacheslav Ponamaryov hozir qaerda? Yangiliklar

"Navbahor", "Paxtakor" sobiq futbolchisi Vyacheslav Ponamaryov hozir qaerda?

Toshkentda o'tkazilgan "Olimpik" - "Metallurg" nazorat uchrashuvini kuzatish uchun bir qator futbol mutaxassislari, sobiq murabbiylar tashrif buyurdi.

Tachmurod Agamurodov, Rustam Mirsodiqov, Ravshan Haydarov, Ulug'bek Mirzaev bilan bir qatorda o'z vaqtida "Navbahor", "Paxtakor", "Bunyodkor", "SHo'rtan", "Neftchi", "Buxoro" jamoalarida to'p tepgan Vyacheslav Ponamaryovni uchratish yoqimli bo'ldi. 

So'nggi marotaba 2015 yil "Buxoro"da to'p tepgan va butsalarini mixga ilgan Ponamaryovni keyinchalik ko'rganimiz yo'q. 

Fursatdan foydalanib sobiq futbolchi bilan qisqa intervyu tashkil qildik. 

- Ochig'ini aytganda kutilmagan uchrashuv bo'ldi. Bugungi kunda nimalar bilan bandsiz?
- Futbolchilik davrimda ham ko'p intervyu bermas edim. Maydonda o'yin bilan isbotlashga harakat qilardim. Toshkentga keldim, do'stlarim, tanishlarim bilan uchrashish boshqacha hislarni berdi. Hozirgi kunda Sankt-Peterburgda istiqomat qilaman. "SSHOR Lider" jamoasida 2006 va 2013 yillardan iborat jamoani shug'ullantiraman. Men bilan birga yana bir sobiq futbolchi Andrey Vlasichev ham ishlamoqda. Hayotimiz futbolda, yashil maydonda. Bundan uzoqlashish qiyin. 

- Garchi Rossiyada faoliyat olib borayotgan bo'lsangizda o'zbek futboli bilan qiziqib turasizmi?
- O'zbek futbolini yoritib boradigan saytlar orqali natijalar, jarayonlar, yangiliklarni bilib turaman. Futbolchilarimiz qaerga o'tyapti, kim o'ynayapti qiziqaman. 

- Siz to'p tepgan davrdan ancha vaqt o'tdi...
- Hozir taqqoslash qiyin. Lekin o'zim ko'rgan bir nechta uchrashuvlardan xulosam shuki futbol ancha tezlashgan. Oddiy nazorat uchrashuvida ham jamoalar oxirigacha kurashmoqda. Qolaversa, bu omil O'zbekiston terma jamoasining natijalarida ham sezilyapti. 

- Terma jamoa haqida gapirdingiz. O'z vaqtida O'zbekiston OTJda to'p tepgansiz. O'shanda Sidney-2000 Olimpiadasiga yo'llanma ololmaganmiz. Bu yil esa tarixda ilk bor har to'rt yillikning nufuzli turniriga chipta qo'lga kiritildi. Parijda imkoniyatlarimizni qanday ko'ryapsiz?
- O'zbekistonning barcha terma jamoalari o'sishga erishmoqda. Olimpiya terma jamoa Parijga yo'llanmani qo'lga kiritgani xursand qildi. Rossiyada kim bilan uchrashsam bu natija bilan tabriklashdi. Bunday paytda albatta g'ururlanasiz. O'zbekistonning Olimpiadadagi o'yinlarini albatta diqqat bilan tomosha qilaman. 

- Bizda yana bir ushalmagan orzu qolmoqda. U ham bo'lsa Jahon chempionati...
- Etibor bersangiz bu tarkibda kuchli jamoalarda o'ynaydigan futbolchilarimiz ko'pligini ko'rish mumkin. Rossiyada, Qozog'istonda, Franciyada, Italiyada, Eronda o'z jamoalarida yaxshi va sifatli harakat qilishmoqda. Deylik, oldinlari legionerlarimiz kamchilikni tashkil qilar edi. Hozir terma jamoa o'zagi legionerlardan iborat. 

- Qaysi futbolchini ajratib ko'rsatasiz?
- Albatta, SHomurodov. Jaloliddin Masharipovda ham dribling, tezlik ajoyib va aqlli futbolchi. Abbos Fayzullaev haqida har kuni gapirishadi. U "o'zbekistonlik Messi". CSKAga kelganida yorqin o'yin ko'rsatib ketishiga ko'pchilik ishonmagan. Qaerdan olib kelishdi bu futbolchini deb so'raganlar ham bo'lgan. Lekin tezda o'zini ko'rsatdi, jamoaga moslashib ketdi.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика