So’nggi yangiliklar

13:03АПЛнинг энг қиммат ёш футболчилари маълум. "Челси", "Арсенал" ва "Манчестер Юнайтед" топда  0 12:36Ямалдан яна бир натижа: у собиқ жамоадошининг Ла Лигадаги рекордини янгилади  0 12:12"Нефтчи" пешқадамга айланди, Файзуллаев дебют қилди, Ашурматов қачон сафга қайтиши аниқ – 21 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   1 12:00Ўзбекистон Кубоги. "Бунёдкор" - "Бухоро" учрашуви 27 августга кўчирилди  3 11:39Эксперт фикри. Иброҳим Отахонов: "Андижон"га нафақат бугун балки кейинги ўйинда ҳам осон бўлмайди"  0 11:10"Қалдирғочлар" қаршисида "чақилмас ёнғоқ": "Қизилқум" – "Бунёдкор" учрашувини кўриш учун 7 та сабаб  1 10:50"Манчестер Юнайтед"га 21 ёшли футболчи керак  2 10:25Родригонинг вакиллари Англияда  6 10:1025 август куни ЎФФ раҳбарияти иштирокида брифинг бўлиб ўтади  0 09:52Луис Энрике: "Танқидларни тўғри тушунаман"  0 09:37Суперлига. Бугунги учрашувларни кимлар шархлайди?  12 09:24Кунде: "Рекордни янгиламоқчиман"  0 08:57"Ювентус" Артурни ижарага беради  1 08:27Sofascore. Кечаги учрашувда Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳога лойиқ кўрилди?  15 08:00Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Крайова" 1:2  5

"Navbahor": Kablashga javob berildi, xorijlik darvozabonlar bilan muzokaraga kirishildi Yangiliklar

"Navbahor": Kablashga javob berildi, xorijlik darvozabonlar bilan muzokaraga kirishildi

Bugungi mashg'ulotlardan keyin jamoa azolariga javob berildi.
Ramazon hayiti munosabati bilan futbolchilar ertaga dam olish imkoniga ega bo'lishadi. 29 iyuldan esa Toshkentdagi mashg'ulotlar yana davom ettiriladi. Avval xabar berib o'tganimizdek, “Navbahor” 30 iyul kuni davralar oralig'idagi so'nggi nazorat uchrashuvini G'uzorning “SHo'rtan” klubiga qarshi o'tkazadi. Ikkinchi davraning dastlabki o'yini “Lokomotiv” – “Navbahor” o'yini yakuniga etgach, jamoamiz Namanganga qaytadi. Davralar oralig'ida ko'rikdan o'tish uchun taklif etilgan legioner Oleksandr Kablashga javob berilganligini aytish joiz. Ushbu futbolchi kecha bo'lib o'tgan “Andijon” – “So'g'diyona” jamoalari o'rtasidagi nazorat uchrashuvida andijonliklar safida maydonga tushganligi haqida malumotlar bor.

Ayni paytda klub rahbariyati va murabbiylar shtabini tarkibga darvozabon jalb etish masalasini ko'rib chiqishmoqda. Jamoaga taklif etish borasida ayrim o'zbekistonlik posbonlarning varianti ko'rib chiqildi. Xususan, “Neftchi” jamoasi sharafini himoya qilgan Sardor Qobuljonov bilan olib borilgan muzokaralar futbolchini farg'onaliklar bilan amalda shartnomasi borligi uchun ijobiy tarzda yakun topmadi. Yani “Neftchi” klubi rahbariyati Qobuljonovni quyib yuborishni istamadi. “Bunyodkor”da to'p surayotgan Murod Zuhurov varianti ham ko'rib chiqilgandi. Ammo, Zuhurov “qaldirg'ochlar” safidagi faoliyatini davom ettirishni lozim topdi. SHu sababli, o'zbekistonlik bo'lgan darvozabonni safga qo'shishni imkoni bo'lmadi.

Hozirda xorijlik bo'lgan darvozabonlar bilan muzokaralar olib borilayotganligini etirof etish joiz. Olib borilayotgan muzokaralar hali to'liq yakunlanmaganligi bois ikkinchi davrada jamoamizni aynan qaysi posbon himoya qilishi borasida aniq malumot yo'q. SHunday bo'lsada, Bolgariya fuqarosi bo'lgan darvozabonni tarkibga qo'shilish ehtimoli yuqoriroq bo'lib turibdi. SHunga qaramay, bolgariyalik posbonni ham “Navbahor” azosiga aylanishi yuz foizga hal etilmagan. Darvozabon masalasi bir-ikki kun ichida hal bo'ladi. Barchasi hal bo'lgach, saytimiz orqali ikkinchi davrada jamoamiz darvozasini qo'riqlashi mumkin bo'lgan darvozabon haqida malumot berib o'tamiz. Demak, saytimizdan uzoqlashmay sahifalarni kuzatib borishda davom eting.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика